O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent Moliya instituti Islomov A. Egamov E



Yüklə 5,04 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/72
tarix07.01.2024
ölçüsü5,04 Kb.
#201716
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   72
Iqtisodiy ta\'limotlar tarixi

Aristotel (m. o. 384-322 y.)
hisoblanadi. O’z mamlakatida shakllangan natural-xo’jalik 
munosabatlarini himoya qilgan bu qadimgi grek mutafak-kiri boshqa 
zamondoshlariga qaraganda, iqtisodiy muammolarga chuqurroq kirib 
borishga muvaffaq bo’lgan. Uning iqtisodiy sa-vollar bo’yicha fikr 
yuritgan asosiy asarlari 
«Nikomaxova eti-kasi»
va 
«Siyosat»
hisoblanadi. Bu erda Aristotel, xuddi Pla-tonga o’xshab, ideal davlat 
loyihasini ilgari suradi. Aristotel loyihasining o’ziga xosligi shundan 
iboratki, unda xo’jalik va ki-shilar faoliyatining barcha turlari (mayli u: 
erkin fuqarolar bajaradigan boshqaruv-nazorat funktsiyasi bo’lsin, yoki 
er egalari, chorvador, hunarmandlar, savdogarlar bo’lsin) har bir toifa 
yashash vositalaridan foydalanishi va boylik topishi nuqtai nazardan 
tahlil qilinadi. Shu erda Aristotel boylik topish va ehti-yojlarni 
qondirish usullari to’g’risida fikr yuritib
ekonomika
va 
xrematistika
tushunchalari farqini ajratib ko’rsatib beradi. 
Ekonomika
, Aristotel tushunchasi bo’yicha – bu, eng avvalo, 
dehqonchilikdagi kishilarning hamda hunarmandchilik va mayda savdo 
bilan band bo’lganlarning asosiy va sharafli faoliyatidir. Uning maqsadi 
– insonning eng muhim ehtiyojlarini qondirish hisoblanadi, shuning 
uchun unga davlat g’amxo’rlik qilishi kerak. 
Xrematistika
– bu yirik savdo yo’li bilan boylik orttirish 
14


mahoratidir. Aristotelning qayd qilib o’tishicha, bunday boylik orttirish 
maqsadiga erishishning cheki bo’lmaydi. Bunday maqsad – boylik va 
pul topishdir. (Shu boisdan uning chegarasi yo’q). Ekonomikadan farqli 
ravishda, xrematistika zarur hisoblanmay-di va tabiat qonunlariga zid 
deb ko’rsatiladi. Shunday kelib chiq-qan holda, Aristotelning xitob 
qilishicha, «ekonomika maqtovga sazovor, xrematistika esa – tanbehga».
Qadimgi grek mutafakkirlarining ekonomika va xrematisti-kaga 
bo’lgan bunday munosabati, uning natural xo’jalik mavqeda 
bo’lganligini yaqqol ko’rsatib turibdi.
Aristotel o’zining ekonomika va xrematistika kontseptsiyasi 
doirasida quldorik davlat tuzilishini ideallashtirib, xo’jalik hayotining 
eng muhim unsurlarini sun’iy ravishda «soddalash-tirdi». Masalan, 
Aristotel fikri bo’yicha «haqiqatdan ham nar-salar shu qadar turli-
tumanki, ularni tenglashtirib (taqqoslab) bo’lmaydi». Shunga ko’ra
xulosa qilinadi: «5 qo’ndoq = 1 uyga», chunki ularni taqqoslash faqat 
go’yoki pul tufayli amalga oshi-rilishi «kundalik hayotda» ancha qulay. 
Tovar sifatidagi pulning o’zi esa, olimning fikricha, stixiyali ravishda 
emas, balki odamlar o’rtasidagi kelishuv natijasida kelib chiqqan va uni 
(pulni) «iste’molga yaroqsiz» qilib qo’yish «bizning ixtiyorimizda». 
Aristotelning ekonomika va xrematistika kontseptsiyasi «kam-
chiligiga» ayirboshlashning ikkiyoqlama tavsifini ham kiritish mumkin. 
Bu erda gap shundaki, bir joyda ayirboshlash ehtiyojni qondirishda 
asosiy akt sifatida ko’riladi va tovarning iste’mol qiymatini iqtisodiyot 
sohasining kategoriyasi sifatida talqin qilish imkonini beradi, ikkinchi 
bir joyda – aksincha, ayir-boshlash boylik orttirish sifatida qaraladi va 
tovarning alma-shuv qiymatini xrematistika sohasining kategoriyasi 
deyishga asos bo’la oladi.
Nihoyat, shu kontseptsiya nuqtai nazardan Aristotel savdo shakllari 
evolyutsiyasi bosqichlarini va pul muomalasini biryoq-lama tahlil qilib, 
o’zining yirik savdoga va ssuda operatsiyasiga salbiy munosabatda 
ekanligini namoyon etdi. Xususan, to’g’ridan-to’g’ri tovar ayirboshlash 
va pul vositasi orqali tovar ayir-boshlash kabi savdoning dastlabki 
shakllarini u ekonomika soha-siga kiritadi, savdo kapitalining harakatini, 
ya’ni tovar ayirboshlash jarayonida dastlabki avanslangan pulni 
ko’payishini xrematistika sohasiga kiritadi. Xuddi shunga o’xshash, 
Aristotel pul muomalasi shaklini tadqiq qiladi va pulning qiymat 
o’lchovi va muomala vositasi tarzida aks ettilishini – ekonomika soha-
siga, pulning foydani ko’paytirish vositasi sifatida ishlatili-shini esa 
xrematistika sohasiga kiritadi. 
15



Yüklə 5,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   72




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin