olib, unga mablag’ ajratgan holda daromad va xarajatlar balansiga
erishishi zarur.
Ibn Sino ideal davlat to’g’risida fikr yuritib,
uni quyidagicha
tavsiflab beradi:
1)
hamma o’z foydasini ko’zlab mehnat qilishi kerak;
2)
bu davlatda barcha moddiy boyliklar shunday teng taqsim-
lanishi kerakki, unda juda katta boylik va ashaddiy kambag’allik
bo’lmasin;
3)
barcha kishilar halol mehnat bilan shug’ullanishi va halol savdo
qilishi sababli urushadigan odamlar bo’lmaydi
va urushlar tugatiladi,
davlatlar o’rtasidagi siyosiy bahslar esa tinch yo’l bilan hal etiladi;
4)
ideal davlatda odamlarda hamma narsa muhayyo bo’ladi,
shuning uchun ular bir-biriga qarama-qarshi bo’lmaydilar, quvnoq
ashula va musiqani yaxshi ko’radilar, uzoq vaqt qarimaydilar.
Ibn Sinoning ideal davlat to’g’risidagi qarashlari Platon-ning
«Qonun»larida, Aristotelning «Afina siyosatchilari»da,
Forobiyning
«Saxovatli shahar yashovchilarining qarashlari to’g’risida traktat»ida
aytilgan fikrlariga ko’p jihatdan o’xshab ketadi.
Dostları ilə paylaş: