O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent Moliya instituti Islomov A. Egamov E



Yüklə 5,04 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/72
tarix07.01.2024
ölçüsü5,04 Kb.
#201716
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   72
Iqtisodiy ta\'limotlar tarixi

Tomas Man (1571-1641) 
asarlarida ifoda etilgan. Manufaktura tizimining klassik vakili T.Man o’z 
davrining yirik savdogar, Ost-Indiya kompaniya-sining direktorlaridan 
biri bo’lgan. Kompaniyani chetga moneta chiqargani uchun tanqid 
qiluvchilardan uning manfaatini ximoya qilish maqsadida 
T.Man 1621 
yilda «Angliyaning Ost-Indiya bilan bo’lgan savdosi to’g’risida 
mulohaza»
kitobini chop etdi. Monetaristlar kontseptsiyasiga savdo 
balansi nazariyasini qarshi qo’ydi. 
T.Man 1630 yilda «Angliyaning 
tashqi savdodagi boyligi yoki boylikni tartiblash sifatidagi tashqi 
savdo balansi»
asarini yozdi. Unda muallif pul muomalasini qat’iy 
tartibga solish zararli ekanligini, pul foyda keltirishi uchun doimo 
41


harakatda bo’lishini, pulning chetga erkin chiqarilishi kerakligini, busiz 
tashqi savdoni risolidagidek rivojlantirib bo’lmasligini qayd qilib o’tadi.
T.Man bo’yicha, boylikning manbai faqat 
tashqi savdo
hisoblanadi, bunday boylikka 
«har yili xorijliklardan xarid qilgan 
summadan ko’ra, ularga ko’proq sotish»
yo’li bilan erishila-di. U chetga 
faqat tayyor mahsulot chiqarishni, isrofgarchilikka qarshi qattiq 
kurashishni, qimmatbaho xorijiy tovarlarni iste’-mol qilishdan o’zini 
tiyishni tavsiya etadi.
Keyingi merkantilizm vakillaridan biri shotlandiyalik 
Jon Lo 
(1671-1729 y.) 
hisoblanadi. J.Lo kredit-bank tizimi, shuningdek, 
qog’oz-pul muomalasi va birja chayqovchiligi asos-chilardan biri 
hisoblanadi. U kuchli iqtisodchi-amaliyotchi bo’l-sada, faqat ikkita asar 
yozgan. Birinchisi 
“Pul va savdo”
1705 yilda chop etilgan, ikkinchisi 
“Regentstvo davri moliya tarixi”
uning o’limidan sal oldin yozib 
tugatiladi, lekin faqat ikki yuz yildan keyin nashr etiladi. Bank va yangi 
turdagi aktsionerlik jamiyatini tashkil etish, banknot chiqarish, kapital 
to’plash, aholining barcha qatlamlari o’rtasida aktsiyalarni tarqatish 
bo’yicha uning kontseptual qarashlari va amaliy faoliyati, ularning 
ancha rivojlangan davlatlarning xo’jalik tajribasida keng qo’llani-
lishidan 150 yil ilgari kelib chiqqan. 
J.Loning asosiy iqtisodiy g’oyalarini quyidagicha tavsif-lash 
mumkin: 
1) milliy iqtisodiyot rivojlanishining kaliti sifatida, bankno-talarni 
chiqarish yo’li bilan mamlakatda pulning mo’l-qo’lligini ta’minlashga 
harakat qildi; 
2) kredit emissiya banklarining davlatga qarashli bo’lishini, 
hukumat tomonidan iqtisodiy siyosatini olib borilishi va uning 
yordamidan foydalanishni talab qilib chiqdi; 
3) tovarlar bahosining ozgina oshishi, tovarlar taklifining ancha 
ko’payishiga olib kelishi qoidasini asoslab berdi; 
4) davlat qo’shimcha ish joylarini yaratishga imkon beruvchi 
muomaladagi pul miqdorini ko’paytirish yo’li bilan, ishlab chiqarish 
miqdoriga ancha katta ta’sir ko’rsatishi mumkinligi to’g’risida gapirib 
o’tdi; 
5) aktsionerlik jamiyatlarini tashkil etish yo’li bilan kapital 
markazlashuvi va birlashuvi g’oyasiga ta’sir ko’rsatdi. 
Shunday qilib, aytish mumkinki, merkantilizm kontseptsiyasi eng 
avvalo, protektsionistik tadbirlardan foydalanishga va iqti-sodiy hodisa 
va jarayonlarning rivojlanishida davlat aralashuvi-ga tayanadi. Bunday 
42


qarash jahon iqtisodiyoti taraqqiyotining turli bosqichlarida, shu 
jumladan, hozirgi davrda ham kuzatiladi. 

Yüklə 5,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   72




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin