keltirib chiqardi.
Merkantilizm Ispaniya, Italiya, Angliya va Frantsiyada ancha keng
tarzda rivojlandi.
Masalan, Ispaniyada boylik qimmatli metall, pul bilan bir narsa
deb qaralgan. Shu bois, Ispaniyada XVII asrning boshigacha
mamlakatdan oltin va kumushni olib chiqish (o’lim jazosi tah-likasi
ostida) taqiqlangan. Ispan bimetall monetar nazariyasi-ning etuk
himoyachisi
Marian
XVII asrning 20-yillarida qimmat-li toshlardan
iborat xorijiy monetalarga ayirboshlanadigan tovarlarni chetga
chiqarishdan boshqa, barcha har qanday tashqi savdoni man etish
talabini ilgari surdi.
Bunday qattiq chora-tadbirlar mamlakat hayotiga salbiy ta’-sir
ko’rsatadi. Xalqaro savdoda chetga chiqib qolgan Ispaniya iqti-sodiy
rivojlanishda ancha orqada qolib ketdi.
Merkantilizm iqtisodiy ta’limot va davlat siyosati sifa-tida
Frantsiyada ancha rivoj topdi. Frantsiyada merkantilizm vakillaridan
biri, mashxur
«Siyosiy iqtisod traktati» (1615)
asarining muallifi
Antuan Monkreten (1576-1621) hisobla-nadi
. U davlatning
iqtisodiyotga faol aralashuvini – jamg’armani ko’paytirishning,
mamlakat xo’jaligini mustahkamlash va rivoj-lantirishning asosiy omili
sifatida qaradi. A.Monkreten pul boyligini ko’paytirish yo’llarini qidirdi,
o’z takliflarini qi-rol Lyudovik XIII ga tavsiya etdi. U manufakturani
rivoj-lantirish, xunarmandchilik maktablari tashkil etish, mahsulotlar
sifatini yaxshilash, o’z mamlakati savdogarlariga tashqi savdoda
monopol huquq berish, mamlakatda ishlab chiqarilgan tovarlar sav-
dosini kengaytirish bilan Frantsiya bozoridan xorijiy savdogar-larni
siqib chiqarishni taklif qildi. A.Monkreten xorijiy savdogarlarni
mamlakat boyligini so’rib oluvchi nasosga taqqos-laydi. A.Monkreten
dasturi Frantsiya tashqi savdosini kengay-tirishni ko’zda tutadi, u
nisbatan monetarizm g’oyasini, shuningdek, savdo balansi
kontseptsiyasini aks ettiradi.
Frantsiyadagi amaliy merkantilizmning eng yorqin vakili
Dostları ilə paylaş: