Boylik – Avgustin davridan boshlab kanonistlar tomonidan
moddiy ne’matlar yig’indisi sifatida, ya’ni natural shaklda qaralgan.
Agar boylik unga sarflangan mehnat bilan emas, balki boshqa vositalar
yordamida yaratilgan bo’lsa, gunoh deb tan olingan. Bu qat’iy qoidaga
muvofiq noinsoflik bilan oltin va kumush-ning ko’paytirilishi
(jamg’arilishi) jamiyatning ahloqiy va bosh-qa me’yorlariga zid
hisoblangan. Ammo Akvinat fikri bo’yicha, «odil narx» xususiy mulkni
ko’paytirish va «o’rtacha» boylik yaratishda inkor etib bo’lmaydigan
manba bo’lib xizmat qilishi mumkin. Bu, uningcha, gunoh
hisoblanmaydi.
Ayirboshlash –
Qadimgi Dunyo va o’rta asrda tadqiqotchilar
tomonidan proportsional va ekvivalent qoidasiga asoslangan, odam-larning
xohishi tufayli bo’ladigan akt sifatida qabul qilingan. Bu printsipni inkor
etmagan holda, noekvivalent bo’lib tuyulgan ayirboshlash, sub’ektiv
jarayon sifatida, tomonlarga teng foyda keltirishi mumkinligini Akvinat
ko’rsatib berdi. Boshqacha ayt-ganda, buyum
«bir odamning foydasiga boshqa odamning zarar ko’ri-shi hisobidan kelib tushsa» , o’shandagina
ayirboshlash sharti bu-zilgan bo’ladi.
«Odil narx» – bu kategoriya kanonistlar ta’limotida
«qiy-mat» (qimmat),
«bozor bahosi» kategoriyalari o’rnida ishlatilgan. U muayyan
feodal oqsuyaklar hududida o’rnatilgan va biriktirib qo’yilgan. Dastlabki
kanonistlar uning darajasini tovar ishlab chiqarish jarayonidagi mehnat
va moddiy sarflarga bog’lab tushun-tirganlar. Ammo Akvinat,
«odil narx» ga bo’lgan sarfli yondashuv tushunchasini etarli emas, deb
hisobladi. Uning fikricha, sotuvchi o’z mavqeiga qarab buyumni
«o’z narxidan ko’ra qimmatroq sotishi mumkin» .
Pul (moneta)ni Akvinat Qadimgi Dunyo va dastlabki kanonizm
mualliflariga o’xshash talqin qiladi. Uning ta’kidlashicha,
«sav-doda ... ishonchli o’lchov birligiga» ega bo’lish uchun pul kishilarning xohishi
tufayli kelib chiqqan. Olim monetaning «ichki qimmatga» ega ekanligini
tan olsa-da, davlat moneta qimmatini uning «ichki qimmatiga» nisbatan
bir oz o’zgartirishga haqli deb hisobladi. Bu erda Akvinat o’zining ikki-
yoqlamalik printsipiga sodiqligini yana bir bor ko’rsatdi, ya’ni bir
tomondan, monetalarni buzish tash-qi savdoda pulning qadr-qimmatini
yo’qotilishiga olib kelishini tan olgach, ikkinchi tomondan esa – pulning
«nominal qimmatini» davlatning o’z xohishi bo’yicha o’rnatish
huquqiga ishongan.
33