O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent Moliya instituti Islomov A. Egamov E


Merkantilizmning tarixiy ahamiyati



Yüklə 5,04 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/72
tarix07.01.2024
ölçüsü5,04 Kb.
#201716
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   72
Iqtisodiy ta\'limotlar tarixi

 
4. Merkantilizmning tarixiy ahamiyati 
Merkantilizm va uning vakillari – ijodiy merosidagi ham pozitiv, 
ham negativ unsurlar nuqtai nazaridan, iqtisodiy ta’limotlar tarixida 
o’chmas iz qoldirdi. 
Birinchidan, merkantilistlar kontseptsiyasi deyarli butunlay 
muomala sohasidagi xo’jalik hayotining amaliyotiga qaratilgan. 
Shunday bo’lsa-da, bu ularga ko’plab iqtisodiy kategoriyalarni il-miy 
muomilaga kiritish, savdo sohasi, ssuda operatsiyalari va pul 
muomalasining muhim qonuniyatlarini aniqlab berish imkonini beradi. 
Lekin iqtisodiyotning boshqa sohalariga bo’lgan ularning ta’siri doimo 
aynan bir xil bo’lgan emas. 
Masalan, mamlakatning o’z sanoati va savdosini rivojlantiri-shi uchun 
pul muhim vosita ekanligini to’g’ri tushuntirib bergach, merkantilistlar 
shunday bo’lsa-da milliy iqtisodiyotga xorijiy investitsiyalarni jalb qilishga 
e’tibor bermadilar. Bundan tashqari, ular uchun ishsizlik muammosi ham 
muhim hisoblanmagan. «Ixtiyoriy ishsizlik»ning asosiy sababi ishlamaslik 
xohishini keltirib chiqaruvchi yoki «yalqovlik», yoki «axloqiy buzuqlik» 
hisoblangan. 
Ikkinchidan, merkantilizm bozor munosabatlari shakllanishi-ning va 
Evropada ancha rivojlangan mamlakatlar – Angliya va Frantsiya-da uning 
o’rnini olgan klassik siyosiy iqtisodning o’ziga xos xususiyat-larini keltirib 
chiqardi. 
Xususan, Frantsiyada XVII asrda moliya vaziri Jan Batist Kolber 
ancha faol protektsionizm siyosatini olib borgan davrda sanoatning 
qudratli manufaktura tarmog’i yaratildi. Ammo bir vaqtning o’zida 
mamlakat tashqarisiga don chiqarishni man etish va boshqa 
mamlakatlardan uni erkin olib kelish yo’li bilan fermer xo’jaliklarining 
shakllanishiga to’sqinlik qilindi. O’sha davrda-gi Frantsiya ichki 
bozorining uning azaliy raqibi – Angliyaga nisbatan «torligi» oqibatda 
aynan shu vaziyatga bog’lab tushun-tirildi. Natijada, frantsuz 
merkantilizmi kolbertizm deb atala boshladi, klassik siyosiy iqtisod 
doirasidagi o’ziga xos frantsuz maktabi esa fiziokratizm ta’limoti deb 
yuritildi. 
Angliyada esa merkantilizm, iqtisodiy tarixdan ma’lumki, Frantsiyaga 
nisbatan ancha «unumli» bo’ldi. XVII asrdagi savdo va sanoat sohasidagi bu 
mamlakatning protektsionizm siyosatidagi asosiy yutuqlari, odatda, Ost-
43


Indiya kompaniyasi rahbarlaridan biri – Tomas Man nomi bilan bog’lab 
tushuntiriladi. Shu narsa ham ma’lumki, aynan Angliyada merkantilizm bilan 
bo’lgan g’oyaviy kurash natijasida eng muhim nazariy xulosalar ishlab 
chiqildi va ular A.Smit, D.Rikardo, T.Maltus, J.S.Mill va boshqalarning 
asarlarida o’z aksini topdi. Bundan tashqari, Angliya XIX asrda ancha kuchli 
rivojlangan mamlakat sifatida eng muhim antimerkantilistik chora-
tadbirlarni, jumladan ichki va tashqi savdoda to’la erkinlik siyosatini amalga 
oshira boshladi.

Yüklə 5,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   72




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin