23
namoyondalaridan biri Shveytsariya iqtisodchisi Leon Valras (1834-1910)
umumiy iqtisodiy muvozanat modelini ishlab chiqishga harakat qiladi.
Neoklassiklar o‘zlarini A.Smit va boshqa liberal iqtisodchilarning izdoshlari
hisoblab iqtisodiy erkinlik va davlatning bozor mexanizmiga aralashmaslik
printsiplarini qo‘llab chiqadi. Ularning bosh g‘oyasi
shundan iboratki, bozor
iqtisodiyoti muvozanatlikni o‘z-o‘zicha tartibga solish va qo‘llab-quvvatlashga
layoqatli, davlat faqat bozorning faoliyat qilishi uchun shart-sharoit yaratishi zarur.
Neoklassik oqim tarafdorlari shaxsiy manfaatga asoslangan bozor iqtisodiyoti
alohida sub‘ektlari hatti-harakatiga e‘tibor qaratadi.
Avstriya iqtisodiy maktabining namoyandasi E.Shumpeter «Iqtisodiy
taraqqiyot nazariyasi» (1912 yil) deb nomlangan kitobida iqtisodiy tizimlar
o‘zgarishining ichki kuchlarini, ularning ichki mazmunini ko‘rsatishga
harakat
qildi va u iqtisodiyotni harakatga keltiruvchi asosiy kuch tadbirkorlik degan
xulosaga keladi.
Ingliz iqtisodchisi Jon Meynard Keyns (1883-1946) o‘zining «Bandlik, foiz
va pulning umumiy nazariyasi» (1936 yil) nomli kitobida makroiqtisodiy
ko‘rsatkichlar: milliy daromad, kapital xarajatlar, iste‘mol va jamg‘arishning
o‘zaro bog‘liqligini
tahlil qilib, investitsiya va iste‘mol nisbatlarining eng
maqsadga muvofiq tarzda qaror topishi iqtisodiy taraqqiyotning muhim omili deb
ko‘rsatadi. Keyns ta‘limoti ta‘sirida iqtisodiyotda makroiqtisodiy tahlil yo‘lga
qo‘yildi. U davlatning iqtisodiyotni boshqarishda faol qatnashishi zarurligini
asoslaydi.
Keynsning bosh g‘oyasi shundan iboratki,
bozor iqtisodiy tizimi
takomillashmagan va o‘z-o‘zini tartibga solishga layoqatli emas, mumkin bo‘lgan
yuqori bandlik va iqtisodiy o‘sish faqat iqtisodiyotga davlatning faol aralashuvi
orqali ta‘minlanishi mumkin.
O‘tgan asrning 50-yillari boshlarida neokeynschilar (R. Xarrod, E. Domar, E.
Xansen va boshq.) bandlik va inflyatsiya o‘rtasida optimal nisbatni topishga
harakat qilib, iqtisodiy o‘sish muammosining yechimini ishlab chiqadi.
―Neoklassik sintez‖ kontseptsiyasi ham shunga yo‘naltirilgan. Jumladan, P.
24
Samuelson neoklassik
va Keynscha nazariyalarni, ishlab chiqarishning optimal
darajasini ta‘minlovchi hamda talabni faollashtiruvchi omillarni bog‘lashga harakat
qiladi. P. Samuelsonning asosiy g‘oyasi shundan iboratki, qachonki
to‘liq bandlikka erishilganda bozorning o‘zini-o‘zi tartiblash tizimi amal qiladi
boshlaydi.
XX asrning 60 – 70-yillarida neokeynschilar (J.
Robinson, P. Sraffa, N.
Kaldor va boshqalar) daromadlarni ancha teng taqsimlash, bozor raqobatini
cheklash, inflyatsiyaga qarshi tadbirlar o‘tkazishni yoqlab keynschilikni D.
Rikardo g‘oyalari bilan to‘ldirishga harakat qiladi.
Keyns nazariyasi g‘arb mamlakatlarida iqtisodiy o‘sishning, ancha yuqori
sur‘atlarini ta‘minlash, bandlikni oshirish va umumiy farovonlikni o‘stirish
imkonini berdi. Biroq kuchli jahon iqtisodiy inqirozlari iqtisodiyotni davlat
tomonidan tartibga
solish jamiyatni ishsizlik, inflyatsiya va iqtisodiy bo‘hronlarni
bartaraf qilishga layoqatsiz ekanligini ko‘rsatdi. Shu sababli, iqtisodiyot
nazariyasidagi yangi yo‘nalish – monetarizm, yangi klassik maktab va
neoinstituttsionalizm keynschilikni siqib chiqara boshladi.
Dostları ilə paylaş: