Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy


Iqtisodiy jarayonlarni miqdoriy tahlil qilishda



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/327
tarix07.01.2024
ölçüsü3,74 Mb.
#201807
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   327
ЖУРАЕВ дарслик-2018

Iqtisodiy jarayonlarni miqdoriy tahlil qilishda
matematik, statistik usullar 
va grafiklardan keng foydalaniladi. Matematik usul iqtisodiy hodisa va jarayonning 
miqdoriy o‘lchamlarini aniqlash imkonini bersa, grafik usul o‘zgaruvchi miqdorlar 
o‘rtasidagi bog‘liqlikni ko‘rgazmali qilib tasvirlaydi. 
Iqtisodiy tahlilda «Boshqa sharoitlar o‘zgarmay qolganda» degan farazdan 
ham foydalaniladi. Chunki real iqtisodiy hayotda hodisa va jarayonlarga ko‘plab 
omillar ta‘sir ko‘rsatadi. 
Bu barcha omillarning birgalikdagi ta‘sirida hodisa va jarayonlar mohiyatini 
ochib berish qiyin kechadi yoki mutlaqo mumkin bo‘lmaydi. Shu sababli ularning 
alohida olingan omil ta‘sirida mohiyati ochilib, boshqa omillar ta‘siri e‘tibordan 
chetda qoladi yoki ular o‘zgarmas deb hisoblanadi. Tahlilning keyingi bosqichida 
o‘rganilayotgan hodisa yoki jarayonga boshqa omillarning ta‘siri ham alohida-
alohida qarab chiqiladi. 
Iqtisodiy tahlilda iqtisodiy modellardan ham foydalaniladi. 
Iqtisodiy 
modellar – bu real voqelik, iqtisodiyot va undagi ro‘y beradigan hodisa hamda 
jarayonlarning soddalashtirilgan manzarasidir. Bunda iqtisodiy modellarning ikkita 
turi o‘z o‘rniga ega bo‘ladi: muvozanatlashgan va optimallashgan modellar. 
Muvozanatlashgan modellar iqtisodiy hodisa va jarayonlar yoki ularning 
natijalari miqdoriy o‘lchamlari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni aks ettiradi. 
Masalan, yalpi talab va yalpi taklif modeli, tovarlar miqdori va pul massasi modeli, 
daromadlar va xarajatlar modeli va h.k.
Optimallashgan modellar – alohida olingan iqtisodiy hodisa yoki uning 
natijasidagi miqdoriy o‘zgarishlarni va har bir davrdagi optimal me‘yorlarni 
xarakterlaydi. Masalan, narx modeli, xarajatlar modeli, daromadlar modeli va h.k. 
Modellar qisqa va uzoq muddatli bo‘lishi mumkin. Birinchisi nisbatan qisqa 
davrni, ikkinchisi odatda uzoqroq vaqt davrini qamrab oladi. Iqtisodiyotning 
barcha qirralarini aks ettira oladigan yagona model mavjud bo‘lmaydi. Shu 


33 
sababli iqtisodiy tahlilda ko‘plab har xil modellardan foydalaniladi, ulardan har 
biri muayyan vazifalarni hal qiladi. 
Ayni vaqtda, har qanday model iqtisodiyotdagi real hayotiy voqeylik 
(bankrotlik, tabiiy ofatlar, siyosiy larzalar va boshqa) ni aks ettirmaydi. U real 
hayotdan abstraktlashgan, iqtisodiy yetuklikning yuqori andazasidir. Bu qayd 
qilinganlar iqtisodiy modellarning iqtisodiy tahlildagi ahamiyatini pasaytirmaydi. 
Jumladan yalpi talab va yalpi taklif modeli umumiy iqtisodiy muvozanatlikni 
ifodalab, real jarayonlar uning idealidan farqlanishini aniqlash va undagi aniq 
omillar ta‘sirini miqdoriy baholash imkonini beradi. 

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   327




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin