Ilmiy abstraktsiya usuli – voqea va hodisalar tahlili paytida xalal berishi
mumkin
bo‘lgan ikkinchi darajali belgilari e‘tibordan chetlashtirilib,
o‘rganilayotgan jarayonning asl mohiyatiga tegishli belgisiga e‘tiborni qaratishdir.
Tahlil va sintez usuli . Tahlil — bu o‘rganilayotgan bir butunni alohida
qismlarga ajratib ularning xususiyatini ochib berishdir.
Sintez – bu hodisa va jarayonlarning umumiy o‘zaro ta‘siri asosida xulosalar
chiqarishdir.
Mantiqiylik va tarixiylikning birligi usuli. Tarixiylik dalili iqtisodiy
fanlarda ham tarixiy rivojlanish nuqtai nazaridan tadqiqot olib borishni zarur qilib
qo‘yadi. Chunki iqtisodiy jarayonlar jamiyatning tarixiy rivojlanish bosqichlarida
ro‘y beradi. Mantiqiylik usulida jarayonlar faqatgina tarixiy nuqtai nazardan emas,
shu bilan birga ichki zaruriy va qonuniy bog‘lanishlari orqali ham tahlil qilinadi.
Induktsiya va deduktsiya usuli. Induktsiya nazariyadan amaliyot tomon
borishni, yaratilgan nazariyalarni kishilarning amaliy hayotida sinab ko‘rishni
anglatsa, deduktsiya amaliyotdan nazariya tomon borishni, real hayotdagi ro‘y
beradigan hodisa va jarayonlardan nazariyalar yaratishni bildiradi.
Pozitiv va normativ usullar. Pozitiv usul iqtisodiy hodisalarning real
hayotdagi holatini qanday bo‘lsa shu holicha aks ettiradi. Masalan, O‘zbekistonda
ishsizlik 2016 yilda 6,9 foizni tashkil qildi. Respublikada narxlarning o‘sishi o‘tgan
2016 yilda 7,0 foizdan oshmadi va h.k. Normativ usul hodisa va jarayonlarning
qanday bo‘lishi kerakligi to‘g‘risidagi fikr va mulohazalardir. Masalan,
32
ishsizlikning tabiiy darajasi 5,0 foizdan oshmasligi kerak. Real ish haqining o‘sishi
narxlarning o‘sish sur‘atidan yuqori bo‘lishi zarur va hokazo.