Iqtisodiyot nazariyasi fanining maqsadi cheklangan iqtisodiy resurslardan
foydalanishning turli muqobil variantlaridan eng samaralisini tanlash orqali
jamiyatning cheksiz ehtiyojlarini to‘laroq qondirib borishning nazariy va amaliy
muammolarini tadqiq qilishdan iborat.
Fanning predmeti, uning vazifalarida yanada aniq ko‘rinadi.
Iqtisodiyot nazariyasi fanining vazifasini ikki tomondan, ya‘ni ham amaliy va
ham nazariy tomondan tushuntirish mumkin.
Iqtisodiyot nazariyasi iqtisodiy jarayonlar va hodisalarning mohiyatini,
iqtisodiy qonunlar va iqtisodiy tushunchalarning mazmunini yoritib
ilmiy bilish vazifasini bajaradi.
Fanning
amaliy vazifasi cheklangan resurslardan samarali foydalanib,
ularning har birligi evaziga ko‘proq tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar
ko‘rsatishni ta‘minlash, har bir faoliyat turlari bo‘yicha xarajatlar miqdori bilan
erishilgan samara, ya‘ni tovar va xizmatlar miqdorini taqqoslash, resurslardan
unumliroq foydalanish yo‘llarini topishga qaratiladi. Bu vazifa yaratilgan
nazariyalar va ilmiy qarashlarni real amaliy hayotga joriy qilib borishni ham o‘z
ichiga qamrab oladi.
Iqtisodiyot nazariyasi fanining qayd qilingan amaliy va nazariy vazifalari bir-
biri bilan chambarchas bog‘liqdir. Amaliy iqtisodiyot nazariy bilimga ega
bo‘lishni, u bilan qurollanish zaruriyatini taqozo etadi. Nazariy bilim esa oldindan
ko‘ra bilish va amaliy harakat yo‘lini to‘g‘ri belgilash imkonini beradi.
Iqtisodiyot nazariyasi aniq iqtisodiy fanlar uchun nazariy asos hisoblanib,
ularga uslubiy vazifani ham bajaradi. Aniq iqtisodiy bilim nazariyalarga asoslanib
o‘zgarib turuvchi iqtisodiy vaziyatlarda ratsional qaror qabul qilishni mustaqil
amalga oshirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Iqtisodiyot nazariyasi
bashorat qilish vazifasi orqali jamiyat va ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlanishining istiqbollarini ilmiy asoslab beradi.
Iqtisodiyot nazariyasi fani «Kishilarda yangicha iqtisodiy fikrlashni shakl-
lantirish, ularning dunyoqarashini o‘zgartirish»
3
vazifasini ham bajaradi.
3
Каримов И.А. «Ўзбекистон буюк келажак сари». Т.: «Ўзбекистон», 1999. 187-бет.