39
Resurslarning cheklanganligi ehtiyojni qondirishning asosi bo‘lgan ishlab
chiqarish imkoniyatlarini ham cheklab qo‘yadi. Ishlab chiqarish imkoniyati
mavjud iqtisodiy resurslardan to‘laroq foydalanish evaziga eng ko‘p mahsulot
ishlab chiqarish salohiyatini anglatadi. U ishlab chiqarish imkoniyati chegarasini
ifodalaydi.
Yangi texnika va texnologiyalarning yaratilishi
hamda ularning ishlab
chiqarishga jalb qilinishi imkoniyatlar chegarasining kengayishiga olib keladi.
Yangi texnikalar va texnologiyalar, bir tomondan,
unumdorlikni, oshirish,
energiya, yonilg‘i, mehnat va boshqa moddiy resurslarni tejash,
ikkinchi
tomondan, resurslarning yangi manbalarini topib, iqtisodiy faoliyatga jalb etish
imkonini beradi. Bunga jahon okeanining uzoq va chuqur joylaridagi resurslaridan,
quyosh energiyasidan foydalanish va shu kabilarni misol qilib keltirish mumkin.
Resurslar cheklanganligi sharoitida ularni tejab
ishlatish tovar turlarining
muqobil variantlaridan eng optimal darajasini tanlashda muhim ahamiyatga ega
bo‘ladi.
Tanlovning variantlari nihoyatda xilma-xil bo‘lib, bu qaror qabul qilishni
qiyinlashtiradi. Muqobil variantlardan birini tanlash uchun ularga qilinadigan sarf -
harajatlarni taqqoslashga to‘g‘ri keladi.
Shunday qilibturli variantlardan birini tanlash
qolganlaridan voz kechishga
yoki ularning miqdorini kamaytirishga olib keladi. Insonning butun hayoti tanlov
asosida qanday qarorga kelishiga bog‘liq.
Dostları ilə paylaş: