Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/327
tarix07.01.2024
ölçüsü3,74 Mb.
#201807
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   327
ЖУРАЕВ дарслик-2018

3.
 
Ishlab chiqarish funktsiyasi
 
Ishlab chiqarish jarayonida turli omillarning birgalikda ishlatilishi natijasida 
mahsulot, va xizmatlar yaratiladi.
Ular qiymat o‘lchovida korxonalar darajasida yalpi mahsulotni milliy 
iqtisodiyot ko‘lamida milliy mahsulotni tashkil qiladi.
Ishlab chiqarish omillari bilan uning natijalari o‘rtasidagi bog‘liqlik 
ishlab 
chiqarish funktsiyasi
deb ataladi. Masalan, ishlab chiqarish omillari Er /E/, kapital 


40 
/K/ va ishchi kuchi /V/dan olingan mahsulotni /M/ dan iborat deb olsak, ishlab 
chiqarish funktsiyasi 
M=F /E. K. V/
ko‘rinishni oladi. 
Ishlab chiqarish funktsiyasi jalb qilingan omillar birligi evaziga olingan 
mahsulot hajmini bildiradi. Bundan tashqari, mazkur ko‘rsatkich mahsulotning
mavjud hajmini ishlab chiqarishga qancha resurs sarfi talab qilinishini aniqlash 
imkonini beradi. 
Ishlab chiqarishda foydalaniladigan turli xil resurslar sarfini birdaniga yoki 
ularning ayrim turlarini ko‘paytirish yo‘li bilan mahsulot hajmini oshirish mumkin. 
Lekin boshqa omillar teng bo‘lgan sharoitda ayrim resurslar sarfini oshirish yo‘li 
bilan mahsulotni cheksiz ko‘paytirib bo‘lmaydi. Masalan, ishlab chiqarish binolari, 
mashina, stanok va boshqa asbob-uskunalar miqdori o‘zgarmagan holda ishchilar 
sonini va xomashyoni ko‘paytirish yo‘li bilan mahsulotni ma‘lum miqdorgacha 
oshirib borish mumkin. Ammo ma‘lum darajaga borgandan keyin qo‘shimcha jalb 
qilingan ishchi kuchi yoki xomashyolar samarasi kamayadi. Ikkinchidan, ishlab 
turgan ishchilar soni o‘zgarmagan holda ularni yangi texnika va texnologiyalar 
bilan qurollantirish, ya‘ni har bir ishchiga to‘g‘ri keladigan kapital miqdorini 
oshirish hisobiga ham mahsulotni ko‘paytirishga erishish mumkin. Iqtisodiyotning 
barcha darajasida resurslardan foydalanish va ularning miqdorini oshirish evaziga 
olingan mahsulotni uch xil o‘lchamda aniqlash mumkin: 

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   327




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin