Tayanch tushunchalar Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti – iqtisodiy resurslar cheklangan
sharoitda jamiyatning cheksiz ehtiyojlarini qondirish maqsadida hayotiy
ne‘matlarni takror ishlab chiqarish, jarayonida vujudga keladigan iqtisodiy muno-
sabatlarni yoki kishilarning iqtisodiy hatti – harakatini o‘rganadi.
Iqtisodiy qonunlar – iqtisodiy hayotning turli tomonlarini, iqtisodiy
hodisa va jarayonlar o‘rtasidagi takrorlanib turadigan, barqaror ichki sabab-
oqibat aloqadorini, ularning o‘zaro bog‘liqligini ifodalaydi.
Iqtisodiy kategoriyalar – doimo takrorlanib turadigan iqtisodiy jarayonlar
va real hodisalarning ayrim tomonlarini ifoda etuvchi ilmiy-nazariy
tushunchalar.
Uslubiyat – iqtisodiy jarayonlarni ilmiy bilishning printsiplari, yo‘llari,
qonun-qoidalari, usullari va aniq tartiblari tizimidir.
Ilmiy abstraktsiya – iqtisodiy jarayonlarni ilmiy bilishda qo‘llaniladigan
usullardan biri bo‘lib, voqea-hodisalarning tahlil paytida halaqit beruvchi ikkinchi
darajali belgilarini e‘tibordan chetlashtirib, o‘rganilayotgan hodisaning asl
mohiyatini ochib beruvchi belgilarga fikrni qaratishdir.
34
Muhokama uchun savollar 1.
Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti nimadan iborat? U boshqa
iqtisodiy fanlar ichida qanday o‘rin tutadi?
2.
Iqtisodiyot nazariyasini o‘rganishda qanday usullardan foydalaniladi?
3.
Makroiqtisodiy tahlil bilan mikroiqtisodiy tahlil o‘rtasidagi farq nimadan
iborat?
4.
Iqtisodiy model nima va uning qanday turlarini bilasiz?
5.
Induktsiya va dedutsiya usullari mazmunini tushuntiring.