47
IV BOB. IQTISODIY TIZIMLAR VA MULKCHILIK MUNOSABATLARI
1.
Iqtisodiy tizim tushunchasi va uning tarkibiy tuzilishi.
2.
Iqtisodiy tizimlar turkumlanishiga turlicha yondashuvlar. Iqtisodiy
tizim modellari.
3.
Mulkchilik munosabatlarining mohiyati va iqtisodiy mazmuni.
Mulkchilik shakllari.
4.
O’zbekistonda
mulkni
davlat
tasarrufidan
chiqarish
va
xususiylashtirish maqsadi, yo’llari va usullari
1.
Iqtisodiy tizim tushunchasi va uning tarkibiy tuzilishi
Tizim (grekcha systema – qismlardan tarkib topgan, birlashgan)-bu
bir-biri
bilan aloqa va munosabatda joylashgan hamda ma‘lum bir yaxlitlikni tashkil
qiluvchi tarkiblar yig‘indisidir.
Jamiyat o‘zining turli iqtisodiy va ijtimoiy hayot
sohalari bilan murakkab
tizim sifatida namoyon bo‘ladi. Bular moddiy,
ijtimoiy, siyosiy va ma‘naviy
sohalardir. Bu barcha sohalar bir – biri bilan funktsional bog‘liq, ya‘ni ularning
birisiz boshqasini tasavvur qilish qiyin.
Shunday ekan
, tizim elementlar, qismlardan iborat o’zaro uzviy bog’langan,
ma’lum tartib asosida tarkib topgan butunlikdir.
Iqtisodiy
aloqalar, jarayonlar misoli zanjir bo‘lsa, har bir xo‘jalik
yuritish
sub‘ekti ana shu zanjirning xalqasi tarzida namoyon bo‘ladi. Bu aloqalar,
munosabatlar xo‘jalik faoliyati yuritayotgan kishilar o‘rtasida yuz beradi. Shuning
uchun ham odatda ularni ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar deb yuritiladi.
Hozirgi dunyo turli-tuman iqtisodiy tizimlar mavjudligi bilan tavsiflanadi.
Ular muayyan tarixiy
davrlarda vujudga keladi, rivojlanadi,
biri ikkinchisi bilan
almashinadi.
Iqtisodiy tizim jamiyatdagi turli xo‘jalik yurituvchi sub‘ektlar o‘rtasida
iqtisodiy munosabatlar, aloqalar, jarayonlarni bir butun holda,
muayyan tarzda
tarkib topishi va tartibga solinishini ifodalaydi.