44
borishi orqali mahsulot turlarining ko‘payishi va faoliyatlarining tarmoqlararo
kengayishini anglatadi.
Konglomerat diversifikatsiya
korxonada ishlab chiqarilayotgan mahsulot
turlarini texnologik jarayon, tovar turlari va turli bozorlar
talabini hisobga olib
ko‘paytirishga yo‘naltiriladi.
Istiqbolda mahsulot turlarini ko‘paytirish, tijorat faoliyatini rivojlantirish va
bozorni kengaytirishga qaratilgan harakat diversifikatsiya strategiyasi mazmunini
anglatadi. Bu korxonalarda mahsulot turlarini ishlab chiqarishni o‘zlashtirish,
milliy va chet el kapitali ishtirokidagi qo‘shma korxonalar tuzish,
boshqa
korxonalarni sotib olish kabi usullarda amalga oshiriladi.
Xarajatlarni kamaytirish va mahsulot tannarxini pasaytirish orqali ishlab
chiqarish samaradorligini oshirishda mahalliylashtirish darajasini o‘stirib borish
muhim ahamiyatga ega.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoev qayd qilib o‘tganlaridek
samaradorlikni oshirishning muhim omili... ―..asosiy
va yordamchi tarmoqlarni
barqaror rivojlantirish, ortiqcha xarajatlar va tannarxni kamaytirish,
mahalliy-
lashtirish darajasini oshirish va importning qisqarishi‖
7
dan iborat.
Mahalliylashtirish mahsulot ishlab chiqarish jarayonida mahalliy xom-ashyo
va materiallardan foydalanishga ustuvorlik berishni anglatib, bu pirovardida
nafaqat
tannnarxni pasaytirish, balki import qilinadigan tovarlar hajmini qisqa-
rtirish imkonini ham beradi. Importning qisqarishi sof eksportni ko‘paytirish orqali
milliy iqtisodiyot samaradorligini o‘sib borishiga olib keladi.
Respublikamizda faqat 2017 yilning o‘zida mahalliylashtirish dasturlari
to‘liq amalga oshirilmaganligi natijasida unda ko‘zda tutilgan ―qariyb 400 million
dollarlik mahsulot chetdan import qilingan‖
8
Shu
sababli,
2017-2021
yillarda
O‘zbekiston
Respublikasini
rivojlantirishning
―Harakatlar
strategiyasi‖
*
da
ishlab
chiqarishni
7
Мирзиѐев Ш.М. Танқидий таҳлил қатъий тартиб-интизом ва шахсий жавобгарлик - ҳар бир раҳбар
фаолиятининг кундалик қоидаси бўлиши керак.Т.: «Ўзбекистон», 2017 14-январь.14 бет.
8
Ўша жойда. 26 бет.
*
кейинги ўринларда қисқача ―Ҳаракатлар стратегияси‖ деб кетилади.
45
mahalliylashtirishni rag‘batlantirish siyosatini davom
ettirish hamda eng avvalo
iste‘mol tovarlari va butlovchi buyumlar importining o‘rnini bosish, tarmoqlararo
sanoat kooperatsiyasini kengaytirishga tarkibiy o‘zgartirishlarni chuqurlashtirish,
milliy iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini modernizatsiya
va diversifikatsiya
qilish hisobiga uning raqobatbardoshligini oshirishning ustuvor yo‘nalishi sifatida
qaraladi.
Dostları ilə paylaş: