Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy


III BOB. ISHLAB CHIQARISH JARAYONI VA UNING NATIJALARI



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/327
tarix07.01.2024
ölçüsü3,74 Mb.
#201807
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   327
ЖУРАЕВ дарслик-2018

III BOB. ISHLAB CHIQARISH JARAYONI VA UNING NATIJALARI 
1.
 
Ishlab chiqarish jarayonining mazmuni va uning omillari. 
2.
 
Ishlab chiqarish imkoniyatlari va uning chegarasi. 
3.
 
 Ishlab chiqarish funktsiyasi. 
4.
 
Ishlab chiqarishning samaradorligi va uning ko’rsatkichlari. 
1.
 
Ishlab chiqarish jarayonining mazmuni va omillari 
Ishlab chiqarish – bu iste’mol uchun zarur bo’lgan iqtisodiy ne’matlarni 
yaratilish jarayonidir. 
Ma‘lumki, har qanday ishlab chiqarish, birinchi navbatda, mehnat jarayonidir 
yoki boshqacha qilib aytganda, tabiatdagi narsalarni o‘zining iste‘moli 
moslashtirish uchun qilingan faoliyatdan iboratdir. Ana shu mehnat jarayonida 
kishilar, eng avvalo, tabiatga, ta‘sir ko‘rsatish orqali bir-birlari bilan o‘zaro 
ma‘lum munosabatda bo‘ladilar. Ishlab chiqarish jarayonida ro‘y beradigan bu 
munosabatlar cheklangan iqtisodiy resurslardan unumli foydalanilgan holda 
kishilarning o‘sib boruvchi ehtiyojlarini qondirish maqsadiga erishishga qaratiladi.
Mehnat jarayonida insonning o‘zi ham har tomonlama kamol topib boradi, 
ya‘ni ular o‘zining qobiliyatini, bilimini oshiradi va uni amalda qo‘llash 
imkoniyatini kengaytirib boradi. 
Mehnat jarayon uning rivojlanishi uzoq tarixga ega bo‘lib, oddiy tosh va 
yog‘och qurollardan foydalanib, eng sodda ovchilik va dehqonchilik qilishdan
hozirgi zamon murakkab zamonaviy texnologiyaga asoslangan ishlab 
chiqarishgacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tgan.
Iqtisodiy ne‘mat va vositalarning tabiatda mavjud resurslardan yaratilgan 
qismi moddiy ko‘rinishga ega bo‘ladi. Ularning bunday resursdan 
foydalanilmasdan yaratilgan qismi nomoddiy ne‘matlar yoki xizmatlar hisoblanadi. 
Shu ma‘noda ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishsada sohalari farqlana ular 
iqtisodiyotning 
real sektori
ham deyiladi.
Bu ikki soha bir-biri bilan chambarchas bog‘langan holda rivojlanadi va bir-
biriga ta‘sir ko‘rsatadi. Ayni vaqtda ular umumiy jihatlarga ham ega. Ishlab 


36 
chiqarish va xizmat ko‘rsatish jarayoni bir tomondan, naflilikni vujudga keltirish, 
ikkinchi tomondan, qiymatning o‘sish jarayoni hisoblanadi. 
Ishlab chiqarish jarayoni har doim ijtimoiy mehnat taqsimoti sharoitida 
amalga oshiriladi, ayni vaqtda har bir ishlab chiqaruvchi boshqalari bilan ko‘plab 
xo‘jalik rishtalari orqali o‘zaro bog‘liq bo‘ladi.
Ishlab chiqarishdan maqsad iste‘mol, lekin bozor xo‘jaligida pirovard 
maqsad bilan tovar ishlab chiqaruvchining maqsadi mos kelmasligi mumkin. 
Pirovard maqsad ehtiyojni qondirish bo‘lsa, tovar ishlab chiqaruvchining maqsadi 
xarajatlarni qoplab, foyda olishdir.
Har qanday ishlab chiqarishning amalga oshishi, uchun uning omillari 
mavjud bo‘lmog‘i lozim. Ishlab chiqarish jarayonida iqtisodiy resurslar ishchi 
kuchi, kapital, er va tadbirkorlik layoqati uning omillariga aylanadi. 
Ishchi kuchi mehnat qobiliyatiga ega bo‘lgan kishilar uchun xos bo‘lib,
ishlab chiqarishning asosiy hal qiluvchi omilidir.
Kapital omil sifatida inson tomonidan yaratilgan ishlab chiqarish vositalar 
yani mehnat vositalari va predmetlarini o‘z ichiga oladi. 
Mehnat vositalari insonning tabiatga, mehnat predmetlariga ta‘sir qiladigan 
vositalardir (mashinalar, stanoklar, traktorlar, qurilmalar, uskunalar va boshqalar). 
Mehnat predmetlari esa bevosita mehnat ta‘sir qiladigan, ya‘ni mahsulot 
tayyorlanadigan narsalardir (er-suv, xomashyo va boshqa turli materiallar). Mehnat 
predmetlari tabiatda tayyor holda uchrashi mumkin yoki oldingi davrdagi mehnat 
mahsuloti, ya‘ni xomashyo bo‘lishi mumkin.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida alohida o‘ziga xos omillardan biri tadbirkorlik 
qobiliyatidir. Tadbirkor qobiliyati iqtisodiy resurslarning bir-biriga qo‘shilishini 
ta‘minlaydigan tashkilotchi, yangilikka intiluvchi tashabbuskor, iqtisodiy va 
boshqa xavf-xatardan qo‘rqmaydigan kishilarni anglatadi. Ishlab chiqarish 
jarayonida yuqorida qayd qilingan omillar bir-birini to‘ldiradi, o‘zaro ta‘sirda 
bo‘ladi. Ishlab chiqarishning omillari miqdor jihatdan ortib sifat jihatdan 
takomillashib boradi. Ishlab chiqarish rivojlanib, borgan sari murakkab 
mashinalar, asbob-uskunalar, yangi texnologiyalar vujudga keladi.


37 
Ishlab chiqarish omillarining o‘zaro ta‘sir usuli texnologiyada o‘z ifodasini 
topadi. Kishilar buyumlarning ilgari ma‘lum bo‘lmagan xususiyatlarini anglab, 
tovar va xizmatlarning yangi turlarini tayyorlash sirlarini bilib oladilar, ilg‘or 
texnologiyani qo‘llaydilar, yangi materiallardan, energiya turlaridan foydalanadilar. 
Ishlab chiqarish omillari va texnologiyaning o‘zgarishi ishlab chiqarishni tashkil 
etishning mazmuni va shaklining o‘zgarishiga, uning takomillashuviga sabab 
bo‘ladi. 

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   327




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin