«Fiziokratlar»
merkantalistlardan farqli o‘laroq, boylik qishloq xo‘jaligida
yaratiladi va ko‘payadi, degan g‘oyani olg‘a surdi. «Fiziokratiya» grekcha so‘zdan
olingan bo‘lib, ma‘nosi «tabiat hukmronligi» degan ma‘noni anglatadi. Bu maktab
dastlab XVIII asr o‘rtalarida vujudga kelib, keyin Italiya, Angliya va Germaniyada
keng yoyilgan. Frantsiyada fiziokratlar g‘oyasining asoschisi Fransua Kene (1694-
1774) qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishning yagona tarmog‘i hisoblanadi, unda
tabiiy yo‘l bilan qo‘shimcha «sof mahsulot» vujudga kelib, xalqning boyligini
ko‘paytirib boradi degan qarashni ilgari suradi. Fiziokratlar iqtisodiy qonunlar ham
tabiat qonunlari kabi tabiiy, ular o‘ylab topilmaydi balki ularni bilish va talabiga
bo‘ysunish zarur deb hisoblaydi.
F.Kene birinchi bo‘lib ijtimoiy takror ishlab chiqarish modeli – mashhur
―iqtisodiy jadvalni‖ yaratadi. F.Kene dehqonchilikda barcha sinflar uchun oziq-
19
ovqat mahsulotlari, sanoat uchun xom ashyo, kelgusi yil hosili uchun urug‘lik
ishlab chiqarilishi natijasida milliy iqtisodiyotda sinflar o‘rtasida tovar va pul
oqimi harakatda bo‘ladi deb ko‘rsatadi. Olingan sof daromadni ular er mulkdoriga
renta shaklida beradi.
Uilyam Petti (1623-1686) g‘oyalari merkantilizmdan klassik fan-siyosiy
iqtisodga o‘tish uchun ko‘prik bo‘ldi. U birinchi bo‘lib boylikning manbai mehnat
va er deb e‘lon qildi.
«Mehnat boylikning otasi bo‘lsa, er uning onasidir» degan mashhur qarash
U.Pettiga tegishli. XVII-XVIII asrda Angliyada iqtisod fanining klassik maktabi
namoyondalari bo‘lmish A.Smit, D. Rikardolar tomonidan boylik faqatgina
qishloq xo‘jaligidagina emas, balki butun moddiy ishlab chiqarish tarmoqlarida
yaratilishini isbotlab berdi hamda ular boylikning umumiy shakli tovar va pulda
mujassamlashgan qiymat deb hisoblaydi. A.Smit (1723-1790) iqtisodiy fanning
predmeti jamiyatning iqtisodiy rivojlanishi va aholi turmush farovonligini
o‘stirishni o‘rganish deb hisoblaydi. U o‘zining «Xalqlar boyligining tabiati va
sabablari to‘g‘risida tadqiqot» (1776 y.) nomli asarida klassik maktab rivoj-
lanishining yuz yillik davrini umumlashtirib tovar ishlab chiqarish va
ayriboshlashga alohida soha sifatida qarashlarini asosladi, ular ob‘ektiv qonunlar
asosida rivojlanishi va davlat tomonidan tartibga solishga muhtoj emasligini
ko‘rsatadi. A. Smit moddiy ishlab chiqarishda nima yaratilsa jamiyatning boyligi
deb hisoblaydi. U boylikning o‘sish shart-sharoitlari mehnat taqsimoti va uning
unumdorligi ortishidir deb ta‘kidlaydi.
A.Smit fikricha, qiymatning manbai mehnat, jamiyat rivojlanishi natijasida
mehnat bilan birga kapital va er ham qiymat manbai bo‘lib boradi, shu sababli
tovar narxi ish haqi, foyda va rentadan qaror topadi. U ijtimoiy boylik ortib borishi
bilan jamiyatning barcha sinflari daromadi o‘sib boradi, pul qiymat o‘lchovi
vazifasini bajaradi degan xulosaga keladi.
A. Smit tushunishicha, qachonki shaxsiy manfaat ijtimoiy manfaatdan ustun
tursa bozor qonunlari iqtisodiyotga samarali ta‘sir ko‘rsatadi. Shunday qilib,
kishilar o‘z manfaatini ko‘zlab, bir-birlari uchun mahsulot ishlab chiqaradi, bozor
20
esa ularning o‘zaro manfaatlarini hisobga olishga majbur qiladi, ya‘ni bunda
kishilar beihtiyor jamiyat uchun ishlaydi.
A. Smitning «ko‘rinmas qo‘l» qoidasida bozor kuchlari (erkin narxlar, talab
va taklif, raqobat) va ob‘ektiv iqtisodiy qonunlar stixiyali ta‘siri nazarda tutiladi. U
davlatning jamiyatdagi yangi sinfi tadbirkorlarning xo‘jalik ishlariga
aralashmasligini yoqlab chiqadi va tabiiy erkinlik g‘oyasini ilgari suradi. Tabiiy
erkinlik siyosati uning nazariyasida quyidagilarni ko‘zda tutadi: ishchi kuchining
erkin harakati, er bilan erkin savdo, sanoat va savdo faoliyat qilishini davlat
tomonidan tartibga solishni bekor qilish.
A.Smitning alohida nazariy qarashlari izdoshi D.Rikardo (1772-1823)
hisoblanadi. Uning nazariy qarashlarining xarakterli belgisi – qiymat qonuni yahlit
iqtisodiy nazariya fani shakllanadigan asos deb tan olinishidir. D.Rikardo mazkur
fanning asosiy vazifasi daromadlar taqsimlanishini boshqaradigan qonunlarni
ochishda deb biladi. U ishlab chiqarish sohasini qiymat va daromadlar manbai deb
hisoblaydi hamda foyda normasining pasayish tamoyilini ko‘rsatib beradi.
Differentsial renta mexanizmini yoritadi.
Iqtisodyot nazariyasi fanining rivojlanishiga Sismondi (1773-1842) ham
muhim hissa qo‘shdi. U kapitalistik jamiyat iqtisodiy mexanizmini tanqid qilib,
siyosiy iqtisod inson baxti yo‘lida ijtimoiy mexanizmni takomillashtirishga
qaratilagan fan bo‘lmog‘i lozim deb ko‘rsatadi. Kapitalizmning iqtisodiy tuzumini
tanqid qilish bilan bir qatorda undan ko‘ra progressiv bo‘lgan jamiyat qurish
g‘oyasi Sen-Simon (1760-1825), Sharl Fure (1772-1837), Robert Ouen (1771-
1858) kabi sotsial utopistlar tomonidan ilgari surilgan edi. Ular xususiy mulkni
qattiq tanqid qilib, uni tugatish tarafdori edilar. Ulardan keyin marksizm deb
nomlangan nazariy yo‘nalish jamiyat taraqqiyotiga tabiiy-tarixiy jarayon deb
qarab, ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalar, ularning iqtisodiy tizimi, vujudga kelishi,
rivojlanishi va boshqasi bilan o‘rin almashish sabablari to‘g‘risidagi ta‘limotni
hamda qo‘shimcha qiymat nazariyasini yaratdilar. Mazkur ta‘limot asoschilari
o‘zlarining nazariy kontseptsiyasini uslubiy jihatdan bir vaqtda uchta ilmiy
manbaga tayanib yaratadi: A.Smit – D.Rikardoning Angliya klassik siyosiy
21
iqtisodi, Gegel – Feyrbaxning nemis klassik falsafasi va frantsuz utopik
sotsializmi.
Ular ta‘limotida asosiy o‘rinni bazis va ustkurma kontseptsiyasi egallaydi –
unga ko‘ra ijtimoiy borliq (hayot) kishilar ongini belgilaydi. Mazkur nazariyada
kapitalizm tizim sifatida daromadlar taqsimotida bozor printsiplari buzilishiga olib
kelishi, to‘liq bandlikni ta‘minlay olmasligi, kolonial ekspluatatsiya va urushlarga
tortishi qayd qilinadi. Ular A.Smit va D.Rikardo asos solgan qiymatning mehnat
nazariyasini yangidan qayta ishlab, qo‘shimcha qiymat ishlab chiqarishga
proletariatni ekspluatatsiya qilish orqali erishilishini va uning kapitalistlar
tomonidan o‘zlashtirilishi ular boyligining ko‘paytirishning doimiy manbaini
tashkil qilishini qayd qiladi. Kapitalning jamg‘arilish jarayoni sinfiy kurashning
keskinlashishi va kapitalizmning barbod bo‘lishi bilan tugashini qayd qiladi.
K.Marksning kapital to‘g‘risidagi ta‘limoti bir xil baho olmadi. Sobiq sotsialistik
mamlakatlarda marksistik g‘oyani ro‘yobga chiqarishga qaratilgan harakat
muvaffaqiyatsizlikka mahkum bo‘ldi. Bu uning chuqur inqiroziga olib keldi.
Markaziy Osiyoda iqtisodiy qarashlarning rivojlanishi Farobiy (870-950),
Abu Ali ibn Sino (980-1037), Abu Rayxon Beruniy (973-1048), Yusuf Xos Xojib,
Alisher Navoiy (1441-1501) va boshqa shu kabi dunyoga mashhur mutafakkirlar
nomi bilan bog‘liq. Ularning asarlaridagi iqtisodiy g‘oyalar hali falsafiy
bilimlardan to‘liq ajralmagan bo‘lsada, ancha qiziqish uyg‘otadi. Jumladan,
Farobiy qarashlarida insonlarning ehtiyojlari to‘g‘risidagi g‘oyalar markaziy
o‘rinni egallaydi. Uning fikricha, kishilarning moddiy ehtiyojlari jamiyatning
shakllanishida birlamchi sabablardan hisoblanadi.
Ibn Sino nafaqat oila doirasida, balki shahar va davlat darajasida daromad
va harajatlar muvozanati haqida fikr yuritadi. Uning qarashicha, daromad va
xarajatlar muvozanatligiga tabiiy ofatlar va urushlar ro‘y berganida zahiradan mab-
lag‘larni ta‘lim uchun ajratishni hisobga olib erishish zarur.
Iqtisodiy bilimlar sohasida XI asrning buyuk mutafakkiri va shoiri Yusuf Xos
Xojib muhim o‘rin tutadi. U jamiyat rivojlanishida mehnatning rolini ko‘rsatib,
moddiy boyliklarning xarakteri va hususiyatlarini qayd qiladi, mehnat taqsimoti
22
masalasi muhimligiga e‘tibor qaratadi hamda pulning vazifalariga aniq ta‘rif
beradi.
Buyuk shoir, mutafakkir, qomuschi olim va davlat arbobi A.Navoiy
jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy tuzilishi haqida o‘z fikrlarini bayon qiladi, boylikni
yaratishda mehnatning rolini ko‘rsatib beradi. U «boylik» agar u butun xalq tomo-
nidan foydalanilsa ne‘matga aylanadi deb hisoblaydi. Uning fikricha davlat
boyishining manbai soliqlar hisoblanadi, Shu sababli adolatli soliq tizimini
o‘rnatish g‘oyasini ilgari suradi. Navoiy o‘zining asarlarida davlat moliyasiga
alohida e‘tibor qaratadi.
Dostları ilə paylaş: |