Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə188/327
tarix07.01.2024
ölçüsü3,74 Mb.
#201807
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   327
ЖУРАЕВ дарслик-2018

3.
 
Iqtisodiy jamg’arishning mohiyati, omillari va samaradorligi
Jamg‘arish investitsion tavsifidagi tovarlarga talab darajasini belgilab beradi.
Jamg‘arish bu, milliy daromad bir qismining ishlab chiqarishni kengaytirish 
ya‘ni asosiy va aylanma kapitallarni, shuningdek, ehtiyot zahiralarini ko‘paytirish 
uchun sarflanish jarayonidir. 
Amalda jamg‘arish kapital mablag‘lar yoki investitsion sarflar shaklida 
yuzaga chiqib, u yangi asosiy kapitalni hosil qilish, ishlab turganlarini 
kengaytirish, rekonstruktsiyalash va yangilashga qilinadigan xarajatlarni ifoda-
laydi. ―Jamg‘arish‖ va ―kapital mablag‘‖ yoki ―investitsion sarflar‖ tushunchalari 
bir xil mazmunga ega emas. Bir tomondan, kapital mablag‘ yoki investitsiyalarning 
chegaralari jamg‘arish fondiga qaraganda kengroq, chunki renovatsiyaga (ya‘ni 


295 
eskirgan ob‘ektlarni batamom almashtirishga) sarflanadigan amortizatsiya fondi-
ning bir qismi ham uning manbai bo‘lib xizmat qiladi. Ikkinchi tomondan, ―jam-
g‘arish‖ tushunchasi investitsion sarflar doirasidan chiqib ketadi, chunki u faqat 
asosiy kapitalning emas, balki aylanma kapitalning, shuningdek, ehtiyot zahira-
larining kengayishini ham anglatadi. 
Ishlab chiqarish va ijtimoiy-madaniy sohalardagi jam
g‘arish bir-biridan 
farqlanadi. Jamg‘arilgan mablag‘larning iqtisodiyot real sektori asosiy kapitallari 
va aylanma mablag‘larini kengaytirishga ketadigan qismi ishlab chiqarish 
sohasidagi jamg‘arishni hosil qiladi. Ishlab chiqarish sohasidagi jamg‘arish 
iqtisodiy o‘sishning muhim omilidir. 
Ijtimoiy - 
madaniy sohadagi jamg‘arish uy-joy fondini, kasalxonalar, o‘quv 
muassasalari, madaniyat, sog‘liqni saqlash, sport muassasalari, ya‘ni ijtimoiy soha 
tarmoqlarini kengaytirish, rekonstruktsiyalash, yangilashga sarflanadi. Mazkur 
sohalarni kengaytirish ham ishlab chiqarishni rivojlantirishning zarur shartidir. 
Jamg‘arishning hajmi va tarkibi iqtisodiy o‘sish sur‘atlarini belgilab berishda 
hal qiluvchi omildir. Jamg‘arish normasi jamg‘arish fondining butun milliy 
daromad hajmiga nisbati bilan aniqlanadi: JN = JF/MD x 100,
Bu yerda, JN-jamg‘arish normasi, JF-jamg‘arish fondi, MD-milliy daromad. 
Jamg‘arish normasining ham o‘z chegarasi bo‘lib, uni oshirish iqtisodiy 
jihatdan samarasiz bo‘lib chiqishi va salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. 
Masalan, uning haddan tashqari ortishi natijasida investitsion sarflar samaradorligi 
pasayib ketishi mumkin, chunki kapital mablag‘lar hajmi bilan qurilish 
tashkilotlarining quvvatlari, materiallar va uskunalar yetkazib berish imkoniyatlari, 
infratuzilmaning 
rivojlanishi 
o‘rtasida 
nomutanosiblik 
paydo 
bo‘ladi. 
Mablag‘larning sochilib ketishi natijasida ob‘ektlarni barpo etish muddatlarining 
cho‘zilib ketish xavfi oshadi, oqibatda ular qimmatlashadi, barpo etish 
jarayonidayoq 

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   327




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin