296
Shunday qilib, jamg‘arish iqtisodiy o‘sish sur‘atlari va sifatiga faqat o‘zining
miqdori bilangina hal qiluvchi ta‘sir ko‘rsatib qolmaydi. Fan-texnika taraqqiyoti
sharoitida ulardan foydalanish samaradorligi birinchi o‘ringa chiqadi.
Jamg‘arish milliy daromadning bir qismi hisobiga amalga oshadi va shu
sababli uning hajmi ko‘payishini belgilaydigan omillar, jamg‘arish miqdorini ham
belgilab beradi. Bu omillardan asosiylari mavjud texnologiya qo‘llaniladigan
resurslar massasi va ularning unumdorligidir. Jamg‘arish miqdori ishlab chiqarish
jarayonida xomashyo, materiallar, energiyani tejab-tergab sarflashga ham bog‘liq.
Mahsulot birligiga ular sarfini kamaytirish moddiy vositalarning muayyan
miqdorida mahsulotlarni ko‘proq hajmda ishlab chiqarishga imkon beradi.
Jamg‘arishning miqdori milliy daromaddagi jamg‘arish va iste‘mol
mablag‘lari o‘rtasidagi nisbatga ham bog‘liq bo‘ladi.
Tayanch tushunchalar
Iste’mol
– jamiyat iqtisodiy ehtiyojlarini qondirish maqsadida ishlab
chiqarish natijalaridan va ishlab chiqarish omillari (ishchi kuchi)dan foydalanish
jarayonini bildiradi.
Shaxsiy iste’mol
– iste‘molchilik tavsifidagi ne‘matlar va xizmatlardan
bevosita foydalanishni, ya‘ni ularning individual tarzda iste‘mol qilinishini
bildiradi.
Unumli iste’mol
– ishlab chiqarish jarayonida iqtisodiy resurslar ya‘ni
ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchidan foydalanishni anglatadi.
Iste’molchilik sarflari
– aholi daromadlarining tirikchilik ne‘matlari va
xizmatlar uchun ishlatiladigan qismi.
Jamg’arma
– aholi, joriy daromadlarining kelajakdagi ehtiyojlarini
qondirish va foizli daromad olish maqsadida to‘planib borilishi.
Dostları ilə paylaş: