Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy


Iste’mol va jamg’arma shaxsiy daromadning tarkibiy qismlarini tashkil



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə186/327
tarix07.01.2024
ölçüsü3,74 Mb.
#201807
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   327
ЖУРАЕВ дарслик-2018

Iste’mol va jamg’arma shaxsiy daromadning tarkibiy qismlarini tashkil 
qilishi sababli ular darajasini belgilab beruvchiumumiy omillar mavjud 
bo’ladi. Bular quyidagilar: 

shaxsiy daromad hajmi; 

uy xo‘jaliklari jamg‘argan boylik miqdori; 

narxlar darajasi; 

narxlar, daromadlar va tovarlar taklifi o‘zgarishi kutilishi; 

iste‘molchi qarzlari miqdori; 

soliqlar darajasi; 
Jamg‘arma hajmi uy xo‘jaliklari daromadidan iste‘molchilik sarflarini ayirib 
tashlash yo‘li bilan aniqlanadi.
Shaxsiy daromadda iste‘molchilik sarflari ulushi qanchalik yuqori bo‘lsa 
jamg‘arma hajmi shunchalik kam bo‘ladi. Jamg‘armaning o‘sishi esa sof ma‘noda 


292 
mablag‘larning iste‘mol buyumlari xarid qilishdan investitsion tovarlarga 
yo‘naltirilishini bildiradi.
Iste‘mol va jamg‘arma darajasini aniqlab beruvchi asosiy omil 
milliy 
daromad 
hisoblanadi. Lekin milliy daromad tarkibida to‘g‘ri soliqlar ham mavjud 
bo‘ladi. Shu sababli soliqlar to‘langandan keyin 
aholi qo’lida qoladigan
daromad 
iste‘molchilik sarflari va shaxsiy jamg‘arma yig‘indisiga teng bo‘ladi. Iste‘mol va 
shaxsiy jamg‘armaning darajasi bevosita soliqlar to‘langandan keyingi qolgan 
daromad bilan aniqlanadi. Demak bu daromad iste‘molning ham, jamg‘armaning 
ham umumiy omili hisoblanadi. Chunki jamg‘arma daromadning iste‘mol 
qilinmaydigan qismi hisoblansa, soliqlar to‘langandan keyingi daromad shaxsiy 
jamg‘armani aniqlab beradigan asosiy omil bo‘lib chiqadi. Har yilgi haqiqiy 
iste‘mol miqdori va soliqlar to‘langandan keyingi daromad o‘rtasidagi farq shu 
yildagi jamg‘arma miqdorini ko‘rsatadi. 
Shaxsiy daromad hajmiga bog‘liq ravishda iste‘mol va jamg‘arma 
darajasining o‘zgarishini grafikda shartli ma‘lumotlar asosida tushuntirish 
mumkin.
 

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   327




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin