300
Respublikamiz iqtisodiyotida sanoat tarmog‘ining jami investitsiyalardagi
ulushi barqaror yuqori bo‘lib, 2016 yilda 39,3% ga etgan 2000 yilga taqqoslaganda
bu ulush 10%ga yaqin ortgan.
VI.
Investitsiyalarning texnologik tuzilishi uning qurilish-montaj ishlariga,
uskuna, jihoz va inventarlarga, boshqa kapital ishlar va xarajatlarga qo‘yilgan
ulishini ifodalaydi.
VII.
Investitsiyalarning asosiy kapitalning alohida turlari bo‘yicha tuzilishi.
Bu jami investitsiyalarda
bino va inshootlar qurilishiga, mashina, uskuna va
inventarlar sotib olishga yo‘naltirilgan kapital mablag‘larning salmog‘ini
ko‘rsatadi.
VIII.
Investitsiyalarning takror ishlab chiqarish tuzilishi texnik qayta
jihozlash
va rekonstruktsiya qilishga, ularni kengaytirishga, ya‘ni qurilishlarga va
ayrim ob‘ektlarga yo‘naltirilgan mablag‘lar ulushini aks ettiradi.
Asosiy kapitalga
investitsiyalarning hududiy tuzilishi alohida ma‘muriy – hududiy bo‘linmalar
(viloyat, shahar, tuman)ning mazkur mablag‘lardagi salmog‘ini ko‘rsatadi.
Investitsiya qo‘yilish shakliga qarab moliyaviy (portfel) va real (ishlab chiqarish)
investitsiyaga bo‘linadi. Moliyaviy (portfel) investitsiya — aktsiya, obligatsiya va
boshqa qimmatli qog‘ozlarni sotib olishga qo‘yiladigan investitsiya; real investitsiya —
moddiy ishlab chiqarish (sanoat, qishloq xo‘jaligi, qurilish va boshqalar) sohasiga,
moddiy-ashyoviy faoliyat turlariga uzoq muddatli mablag‘lar qo‘yish
shakllarida
amalga oshiriladi.
Investitsiyalarga sarflar darajasini ikkita asosiy omil belgilab beradi:
1) Tadbirkorlar investitsiyalarga sarflardan olish ko‘zda tutilgan,
kutilayotgan
Dostları ilə paylaş: