301
kutilayotgan sof foyda normasidan ortiq bo‘lsa, investitsiyalash samarasiz hisob-
lanadi.
Investitsiya darajasiga kutilayotgan sof foyda
normasi va foiz stavkasidan
tashqari quyidagi omillar ham ta‘sir ko‘rsatadi.
1. Mashina va uskunalarni xarid qilish, ishlatish va ularga xizmat ko‘rsatish
xarajatlari;
2. Tadbirkorlardan olinadigan soliq miqdori;
3. Ishlab chiqarish texnologiyasi;
4. Asosiy kapitallarning mavjud hajmi;
5. Bozor kon‘yukturasidagi ro‘y berishi mumkin bo‘lgan o‘zgarishlar.
Investitsion sarflar o’zgaruvchan bo’lib, bu uni belgilab beruvchi omillar
mavjudligi bilan izohlanadi.
Bular quyidagilar:
investitsion tovarlar (asosiy kapital)ning
noaniq xizmat muddatiga ega
bo‘lishi;
innovatsiyalar, texnika va texnologiyalar sohasidagi ancha katta
kashfiyotlar doimiy paydo bo‘lib turmasligi;
iqtisodiyot siklli rivojlanish tamoyiliga ega bo‘lishi;
tadbirkorlar oladigan foyda doimiy barqaror emasligi;
ro‘y berishi mumkin bo‘lgan favqulotda holatlar (siyosiy vaziyat, davlat
iqtisodiy siyosatidagi o‘zgarishlar va h.k.).
2.
Investitsiyalar samaradorligi. Multiplikator samarasi
Investitsiyalarning umumiy samaradorligi investittsiya qaytimi (I
k
) va
mahsulotning investitsiya sig‘imi (I
c
) ko‘rsatkichlarida ifodalanadi.
Har ikkala
ko‘rsatkichni hisoblashda milliy ishlab chiqarish natijasi sifatida yalpi ichki mah-
sulot(YaIM), sof milliy mahsulot (SMM), milliy daromad (MD) yoki foyda (F)
hajmi kabi makroiqtisodiy ko‘rsatkichlardan foydalaniladi.
302
Bu yerda, I
n
–jami investitsiyalar
Investitsiyalar samaradorligi joriy va bazis davrida YaIM(SMM, MD, F)
o‘sgan qismining investitsiyalarning xuddi shunday o‘sgan miqdoriga (
)
nisbatini taqqoslash orqali yoki uning teskari ko‘rsatkichi bilan ham baholanadi,
ya‘ni
Bu yerda,
– qo‘shimcha sarflangan
investitsiyalar qaytimi,
-
YaIM(SMM, MD, F) o‘sgan qismining investitsiya sig‘imi.
Investitsiyalar iqtisodiy samaradorligining muhim ko‘rsatkichi jami
sarflangan investitsion mablag‘larning qoplanish muddati (
ko‘rsatkichi
hisoblanadi. U jami investitsiyalar summasini foydaning yillik miqdoriga bo‘lish
yo‘li bilan aniqlanadi, ya‘ni
(yil,oy)
Investitsiyalarning
iqtisodiy samaradorligi
yuqorida qayd
qilingan
ko‘rsatkichlarda tarmoqlar, sohalar, hududlar bo‘yicha ham aniqlanadi.
Sof milliy mahsulot (milliy daromad) hajmidagi o‘zgarishning
yalpi
sarflarning alohida turlari, shu jumladan investitsiyalardagi o‘zgarishlarga nisbati –
Dostları ilə paylaş: