Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy


Investitsion resurslar bozorida muvozanatlik va foiz stavkasi hosil bo’lishi



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə195/327
tarix07.01.2024
ölçüsü3,74 Mb.
#201807
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   327
ЖУРАЕВ дарслик-2018

3.Investitsion resurslar bozorida muvozanatlik va foiz stavkasi hosil bo’lishi 
Investitsion resurslar bozorida pul kapitaliga talab sub‘ekti tadbirkorlar, taklif 
sub‘ekti esa uy xo‘jaliklari hisoblanadi. Mazkur bozorda tadbirkorlar ―pulning 
sotib olish layoqati‖ni qo‘lga kiritadi, ya‘ni pul yordamida talab qilinadigan kapital 
resurslar – uskunalar, material, energiya, ishchi kuchi ya‘ni tovar ishlab chiqarish 
va xizmat ko‘rsatish uchun zarur barcha vositalarni xarid qilish imkoniyatiga ega 
bo‘ladi. 
Shunday ekan, pul kapitaliga talab – bu investitsion vositalarga talabdir. Pul 
kapitaliga talab kreditga talab shakliga ega bo‘ladi. 
Foizning yuqori bo‘lmagan normasida kreditga talab ortishi kuzatiladi. U 
qanchalik past bo‘lsa, mijozda qarz olishga moyillik shunchalik yuqori bo‘ladi. 
Foiz normasi yuqori bo‘lganda esa pul kapitali egalarining qarz berishdan 
manfaatdorligi ortib boradi, uni unumli foydalanishga taqdim etadi. Foiz normasi – 
bu pul kapitali egasiga uning mablag‘idan ma‘lum vaqt davomida foydalanganligi 
uchun to‘lanadigan resurs narxi. 


305 
20.1-chizma. Pul kapitali bozorida muvozanatlik 
Bunda pul kapitalini taqdim qiluvchi sub‘ektlar mohiyatan undan mustaqil 
muqobil foydalanishdan (o‘z shaxsiy biznesini tashkil qilib foyda olish, ko‘chmas 
mulk yoki yer xarid qilib renta olish va boshqa nafliliklarga ega bo‘lishdan voz 
kechadi. 
Pulini qarzga berish o‘z kapitalidan joriy foydalanishdan voz kechish va bu 
imkoniyatni boshqa sub‘ektlarga berishdir. 
Foiz stavkasi darajasi quyidagi omillarga bog‘liq bo‘ladi: 

kredit maqsadidagi pulga talab; 

tahlika darajasi. Bunda, puldan joriy davrda foydalanish imkoniyati 
kechiktirilganda va shu orqali kelgusida mamlakatda siyosiy muhit, soliq 
qonunchiligi va boshqa sharoitlar o‘zgarish mumkinligi ko‘zda tutiladi. 

qarz berish muddati; 

qarz beriladigan pul miqdori; 

kapital bozoridagi raqobat: 
Investitsion loyihalar samaradorligini asoslash ikkita uslubga asoslanadi: 
1.
Kapitalga olingan daromad darajasini foiz stavkasi bilan taqqoslash; 
2.
Vaqt omili bilan bog‘liq bo‘lgan diskontlash. Investitsion loyihalarni amalga 
oshirishda (uskunalar sotib olish, yangi zavodlar qurish va h.k.) bugungi xarajat 
miqdori va bo‘lg‘usi pul summasining bugungi qiymatini aniqlash muhimdir. 


306 
Diskontlash formulasi quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi: 
bu erda:
 
V
p
– bo‘lg‘usi pul summasining bugungi qiymati; 
V
t
– bugungi pul summasining kelgusidagi qiymati; 
t – yillar soni; 
r – yillik
foiz stavkasi. 
Diskontlashni amalga oshirishda foizning nominal va real stavkasini farqlash 
muhim hisoblanadi. Nominal stavka joriy narxlarda, real stavka doimiy narxlarda 
hisoblanadi. 

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   327




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin