Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə285/327
tarix07.01.2024
ölçüsü3,74 Mb.
#201807
1   ...   281   282   283   284   285   286   287   288   ...   327
ЖУРАЕВ дарслик-2018

Bd=I/Mr•100%. 
Bandlik darajasi mamlakatning iqtisodiy salohiyatiga va iqtisodiyotining ishlab 
chiqarish imkoniyatiga bog‘liq bo‘ladi.
Bandlikni ta‘minlashda sotsial-demografik jarayonlarning ahamiyati ham 
muhim hisoblanadi. Jumladan, respublikamizda mehnat resurslari nisbatan ko‘p, 
aholining tabiiy o‘sishi yuqori. Lekin, ular hududlar, tarmoqlar va faoliyat turlari 
bo‘yicha bir tekis taqsimlanmagan. 
Yaratilayotgan ish joylari soni mehnatga layoqatli aholining o‘sish 
sur‘atlariga har doim ham mos kelavermaydi. Xo‘jalik aloqalarining murak-
kablashuvi, ishlab chiqarish tarmoqlarida o‘sish sur‘atlarining har xil darajasi, 
iqtisodiyotdagi tuzilmaviy o‘zgarishlar bandlik sohasidagi muammolarni biroz 
keskinlashtirdi. 
Ko‘pincha aholining bilim va malaka darajasi bozor munosabatlarining 
yuqori talablariga to‘liq javob beravermaydi. Ayniqsa, yoshlarning mehnatga 
layoqatli qismida ish bilan ta‘minlanmaganlik muammosi mavjud bo‘lib qoladi. 
Respublikada yaqin istiqbolda ish o‘rinlarini tashkil qilishda quyidagi 
masalalarni hal qilish muhim o‘rin tutadi: 

tarmoq dasturlarini amalga oshirish; 

korxonalarni modernizatsiya qilish va texnologik yangilash; 

ishlab chiqarishni mahalliylashtirish; 

qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlashni chuqurlashtirish; 

transport va kommunikatsiya tizimini, ijtimoiy va bozor infratuzilmasini 
jadal rivojlantirish; 

aholi yashash joylarini obodonlashtirish ishlarini kengaytirish. 


454 
Aholi bandligini ta‘minlash orqali mehnatning qo‘llanish doirasi kengayadi, 
tovar ishlab chivarish va xizmat ko‘rsatish hajmi ko‘payadi, kishilarning turmush 
darajasi ko‘tariladi, jamiyatdagi ijtimoiy tanglik yumshatiladi.
2.
 
Ishchi kuchini qayta taqsimlashning bozor mexanizmi
Ishchi kuchi bozorida unga talab mehnat unumdorligiga bog‘liq bo‘lib, u 
doimo o‘zgarib turadi. Boshqa sharoitlar o‘zgarmay qolganda mehnat unumdorligi 
ish haqi darajasini belgilab beradi. Ish beruvchilar ish xaqini kamaytirishga, 
yollanib ishlovchilar uni oshirishga harakat qiladi. Ammo ish haqi ortgan sharoitda 
ham ishchi kuchiga talab ko‘payishi mumkin, chunki bunda ish haqiga nisbatan 
mehnat unumdorligi tezroq ortib borishi yuz beradi. Natijada ish haqiga ketgan 
qo‘shimcha sarfni mehnat unumdorligining ortishi qoplaydi va hatto uning 
tejalishiga ham olib keladi. 
Ish haqi xarajatlar tarzida foydaga ta‘sir etishi orqali ishchi kuchiga talabni 
o‘zgartiradi. 
Ish haqi bilan ishchi kuchiga talabning o‘zgarishi o‘rtasidagi bog‘liqlikni 
quyidagi chizmada ko‘rish mumkin: 

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   281   282   283   284   285   286   287   288   ...   327




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin