Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə293/327
tarix07.01.2024
ölçüsü3,74 Mb.
#201807
1   ...   289   290   291   292   293   294   295   296   ...   327
ЖУРАЕВ дарслик-2018

2.
 
Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning shakllari. 
Jahon infratuzilmasining rivojlanishi 
Xalqaro mehnat taqsimoti xalqaro iqtisodiy munosabatlar, ya‘ni turli 
mamlakatlar o‘rtasidagi xo‘jalik aloqalari negizida yotadi. 
Xalqaro iqtisodiy 
munosabatlar 
quyidagi shakllarda namoyon bo‘ladi: 
- tovar va xizmatlar bilan xalqaro savdo; 
- kapital va chet el investittsiyalarining harakati; 
- ishchi kuchining migratsiyasi; 
- ishlab chiqarishning davlatlararo kooperatsiyasi; 
- fan va texnika sohasidagi ayriboshlash; 
- valyuta-kredit munosabatlari; 
Xalqaro mehnat taqsimoti rivojlanishi natijasida jahon bozori tarkib topadi. 
Jahon bozoriga 
tovar va xizmatlarning xalqaro harakati 
sifatida qarash mumkin. 
Jahon bozori o‘zining rivojlanishida bir qator bosqichlardan o‘tadiki, ulardan har 
biri milliy xo‘jalikning xalqaro iqtisodiy munosabatlarga jalb qilinishining ma‘lum 
darajasi bilan tavsiflanadi. 
Kapitalning xalqaro harakati - bu kapitalning chet elda joylashtirilishi 
va faoliyat qilishidir. 
U chet elga - xususiy yoki davlat kapitali shaklida 


467 
chiqariladi: Kapitalning xalqaro tashkilotlar orqali harakatida quyidagi shakllari 
ajratiladi. 
- pul va tovar shakli. Jumladan, kapital chiqarish mashina va uskunalar, pa-
tentlar, nou-xau hamda tovar kreditlari shaklida bo‘lishi mumkin. 
- qisqa va uzoq muddatli kreditlar
- ssuda va tadbirkorlik kapitali. Ssuda shaklidagi kapital quyilmalar bo‘yicha 
foiz, tadbirkorlik kapitali esa foyda keltiradi. Tadbirkorlik kapitali to‘g‘ridan-
to‘g‘ri va portfelli investitsiyalardan iborat bo‘ladi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri 
investitsiyalar shu kapital hisobiga qurilgan ob‘ektlar ustidan nazorat qilish 
huquqini beradi, portfelli investitsiyalar esa bunday huquqni bermaydi. U odatda 
aktsiya paketlari hamda obligatsiya va boshqa qimmatli qog‘ozlar shaklida 
beriladi. 
Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning ancha murakkab jihatlaridan biri 

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   289   290   291   292   293   294   295   296   ...   327




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin