223
Nazorat savollari
1.
Dasturiy
mahsulotlarda
xafsizlik
ta’minlanishini
muhimligini
ko’rsatuvchi misollar keltiring?
2.
Dasturiy mahsulotlarda xavfsizlik muammolarining
kelib chiqish
sabablarini ayting?
3.
Nuqson, bag, xotirani to’lib toshishi tushunchalariga izoh bering?
4.
Dasturiy vosita xavfsizligini fundamental prinsiplarini ayting va ularga
tushuntirish bering?
5.
Dasturiy vositalarga qo’yilgan talablar va ularga misollar ayting?
6.
Dasturiy vositalarga qo’yilgan xavfsizlik talablariga misollar ayting?
7.
Dasturiy vositalar xavfsizligini ta’minlashda dasturlash tillarining
o’rnini tushuntiring?
8.
Xavfsiz va xavfsiz bo’lmagan dasturlash tillariga misollar keltiring?
9.
Zararli dasturlar nima va ularning asosiy turlarini sanang?
10.
Kompyuter viruslari nima va ularga misollar ayting?
11.
Zararli dasturiy vositalardan himoyalanish usullari va vositalari haqida
ma’lumot bering?
12.
Antivirus dasturiy vositalarini tanlashdagi talablar va ularga misollar
keltiring.
224
7 BOB. AXBOROT XAVFSIZLIGI SIYOSATI VA RISKLARNI
BOSHQARISH
7.1. Tizimlarning umumiy arxitekturasi
Boshqa sohalarda bo’lgani kabi kiberxavfsizlik sohasida ham tizim va tizim
arxitekturasi tushunchasi tez-tez ishlatilib, bunda matn konteksti bir – biridan farq
qiladi. Shu sababli, ushbu bo’limda tizim arxitekturasi
tushunchasi bilan tanishib
chiqiladi.
Tizim arxitekturasi yoki tizimlarning arxitekturasi –
bu tizimning tuzilishi,
o’ziga xos xususiyatlari va boshqa qarashlarini belgilaydigan konseptual model.
Tizimlar arxitekturasi
- bu murakkab tizimlarni tavsiflash va loyihalashda
konseptual va amaliy qiyinchiliklarga yechimdir.
Arxitektura
- bu tizimning tuzilishi va hatti-harakatlari to’g’risida fikr
yuritishni qo’llab quvvatlash maqsadida tashkil qilingan tizimning rasmiy tavsifi.
Tizim arxitekturasi butun tizimni amalga oshirishda
birgalikda ishlaydigan
tizim tarkibiy qismlaridan va ishlab chiqilgan qismtizimlardan iborat bo’lishi
mumkin. Tizim arxitekturasini tavsiflash uchun olib borilgan harakatlar
arxitekturani tavsiflash tillari
deb nomlanadi.
Turli tashkilotlar tizim arxitekturasini turli yo’llar bilan aniqlashi mumkin,
xususan:
-
tizimning fundamental tashkil etilish,
uning tarkibiy qismlari, ularning bir-
biriga va muhitga bo’lgan munosabati, uning dizayni va evolyusiyasini
boshqaruvchi tamoillar;
-
tizimning tavsifi,
shu jumladan, apparat va dasturiy komponentlarning
funksional imkoniyatlari xaritasi, dasturiy ta’minot arxitekturasining apparat
arxitektura xaritasi va insonning ushbu komponentlar bilan o’zaro aloqasi;
-
funksional arxitektura talablari va bazaviy talablarni qondirish uchun
mo’ljallangan istemolchi mahsuloti yoki hayotiy sikl uchun dizayn yechimini
ta’minlaydigan fizik elementlarning ajratilgan joylashuvi;
225
-
arxitektura eng muhim, keng tarqalgan, yuqori darajadagi, strategik ixtirolar,
qarorlar va ularning umumiy asoslari (ya’ni, muhim elementlari va ularning
o’zaro aloqalari) va ular bilan bog’liq xususiyatlardan iborat;
-
kompyuter tizimining dizayni va tarkibining tavsifi bo’lib, agar u
hujjatlashtirilgan bo’lsa,
unda joriy apparat, dasturiy ta’minot va tarmoq
imkoniyatlarining batafsil ro’yxatidan iborat ma’lumotlar bo’lishi mumkin.
Uzoq muddatli rejalar va kelajakdagi xaridlarning ustuvorligi, shuningdek,
eski uskuna va dasturiy ta’minotni yangilash va/ yoki almashtirish rejasining
tavsifi;
-
tizimning rasmiy tavsifi yoki uning amalga oshirilishini
boshqarish uchun
komponentlar darajasida tizimning batafsil rejasi;
-
mahsulot va ularning hayotiy jarayonlari uchun mo’ljallangan dizayn
memorchiligining kompozisiyasi;
-
komponentlarning tuzulishi, ularning o’zaro bog’liqligi va vaqt o’tishi bilan
ularning dizayni va evolyusiyasini boshqaruvchi prinsiplar va ko’rsatmalar.
Tizim arxitekturasini mavjud (yoki kelajakdagi) tizimning tasvirlar to’plami
sifatida o’ylash mumkin. Ushbu tasvirlar dastlab umumiy, yuqori darajadagi
funksional tashkilotni tavsiflaydi va shundan so’ng batafsil
va aniq tavsilotlarga
o’tiladi.
Tizim arxitekturasi tizimdan tashkil topgan elementlarning axborot tarkibini,
ushbu elementlar o’rtasidagi munosabatlar va ushbu munosabatlarni tartibga
soluvchi qoidalarni yetkazadi.
Tizim arxitekturalarining bir nechta turlari mavjud bo’lib, ular quyidagilar:
-
qurilma arxitekturasi;
-
dasturiy ta’minot arxitekturasi;
-
korxona arxitekturasi;
-
hamkor tizimlar arxitekturasi (Internet, aqlli transport tizimlari va havo
hujumidan mudofaa tizimlari kabi);
-
ishlab chiqarish tizimlari arxitekturasi;
-
strategik tizimlar arxitekturasi.
226
Tizimlar arxitekturasi quyidagi 9 ta fundamental prinsipga asoslanadi:
1.
Haqiqat obyektlari tizim sifatida modellashtiriladi
(ya’ni,
funksiyani
bajaradigan va uning perimetri kirish, chiqish va ichki holat bilan belgilangan quti).
Masalan, mobil telefon - bu ovoz va tugmalar orqali kiritish hamda ovoz va displey
orqali chiqarish tizimi hisoblanadi. Bundan tashqari, u yoqilgan va o’chirilgan
bo’lishi mumkin. Umuman olganda, telefon qo’ng’iroqlarini amalga oshirishga
imkoniyat beradi (80-rasm).
Dostları ilə paylaş: