216
Virus ikki filipinlik dasturchi Reonel Ramones va Onel de Guzman tomonidan
yaratilgan. Bu virus sosial injineriyadan foydalanib, odamlarni “qo’shimcha
havolani” bosishga majbur qilgan, ya’ni, sevgini tan olish so’rovini tasdiqlash
bo’lgan. Ilova aslida .txt fayl sifatida shakllanadigan skript bo’lgan. O’sha vaqtda
Windows OT ushbu faylning haqiqiy kengaytmasini yashirganligi bois,
bosish
tugmachasini bosgandan so’ng, u foydalanuvchini yuborish ro’yxatidagi har bir
kishiga o’zini yuboradi va fayllarni qayta yozishni davom ettiradi. Bu esa
kompyuterni o’chirib bo’lmaydigan holatga tushiradi.
Code Red virusi.
Code Red birinchi marta 2001 yilda paydo bo’lgan va eEye
Digital Security tashkilotining ikki xodimi tomonidan aniqlangan. Bu kashfiyot
paytida juftliklar Code Red Mountain Dew nomli ichimlikni ichganligi sababli, virus
Code Red deb nomlangan. Tizimda bufer toshib ketish muammosidan foydalanib,
Microsoft IIS veb-serveri o’rnatilgan kompyuterlar nishon qilib olingan. U to’liq
xotirada ishlay olishi sababli, qattiq xotirada juda oz iz qoldirgan va hajmi 3569
baytga teng.
Infeksiyani yuqtirganida, u yuz nusxani yaratishga kirishadi. Lekin,
dasturlashdagi xato tufayli u yana ko’payadi va ko’plab tizim resurslarini iste’mol
qilib tugatadi. Eng esda qolarli alomat bu ta’sirlangan veb-sahifalarda “Xitoyliklar
tomonidan hujum qilindi” deb qoldirgan xabar bo’lib, u o’zi ham memga aylangan.
Keyinchalik vaksina chiqarilgan bo’lsada, 2 milliard dollargacha
zarar keltirishga
ulgurgan va shu davrda, 6 million IIS serverlari mavjud bo’lgan bo’lsa, ularning 1-
2 milliontasiga ta’sir ko’rsatgan.
Melissa virusi.
Florida shtatidagi yekzotik raqqos nomi bilan 1999 yilda
Devid L. Smit tomonidan yaratilgan. Bu virus bilan zararlangan Word hujjati
alt.sex
nomi bilan markazlashmagan tarmoq guruhiga joylashtirilgan va pornografik saytlar
uchun parollar ro’yxati deb da’vo qilingan. Bu narsa odamlarni qiziqtirdi va yuklab
olib ochganda ishga tushadi.
Virus o’zini elektron pochta manzillar kitobidagi 50 ta odamga yuboradi va
bu elektron pochta trafikining ko’payishiga olib keladi. Bu hukumat va
korporasiyalarning elektron pochta xizmatlarini buzgan. Bundan tashqari, ba’zan
217
ularga Simpsons (Amerika animasiya janri) ma’lumotnomasini qo’shish orqali
hujjatlarni buzgan.
Oxir oqibat Smit Word hujjatini unga topshirishganida qo’lga olindi. Fayl
o’g’irlangan AOL akkauntidan foydalanib yuklangan
va ularning yordami bilan
huquqni muhofaza qilish idoralari uni avj olganidan bir haftadan kamroq vaqt ichida
hibsga olishga muvaffaq bo’lishgan. U FQB bilan Anna Kournikova virusini
yaratuvchisi sifatida tanilgan boshqa virus yaratuvchilarini ushlashda hamkorlik
qilgani uchun 20 oy xizmat qilgan va belgilangan 10 yillik qamoq jazosi uchun 5000
dollar miqdorida jarima to’lagan. Ma’lum qilinishicha, virus 80 million dollar zarar
yetkazgan.
Sasser virusi.
Windows OT qurti birinchi marta 2004 yilda kashf yetilgan
bo’lib, uni Netsky qurtini yaratgan talaba Sven Jaschan yaratgan. Ushbu
chuvalchang Local Security Authority Subsystem Service (LSASS) tizimida bufer
to’lib toshishi mumkin bo’lgan zaiflikdan foydalangan.
Bu esa kompyuterning
buzilishiga sabab bo’luvchi lokal qayd yozuvi xavfsizlik siyosatini nazoratlash
imkonini bergan. Bundan tashqari, u tizim manbalarini Internet orqali boshqa
mashinalarga tarqatish va boshqalarga avtomatik ravishda yuqtirish uchun
foydalanadi.
Bu
virus aviakompaniyalar, axborot agentliklari, jamoat transporti,
kasalxonalar va boshqa ko’plab muhim infratuzilmalarga ta’sir qilib, milliondan
ortiq infeksiyalanish holatini qayd qilgan. Umumiy zarar 18 milliard dollarga yaqin
bo’lgan. Jaschen balog’at yoshiga yetmaganlikda ayblanib, 21 oy
shartli qamoq
jazosiga hukm qilindi.
Eng qimmat virus.
W32.MyDoom@mm, Novarg, Mimail.R va Shimgapi
sifatida ham tanilgan Mydoom, Microsoft Windows OTga ta’sir qiluvchi kompyuter
qurti hisoblanadi. Bu birinchi marta 2004 yil 26 yanvarda aniqlangan. Bu eng tez
tarqaladigan elektron pochta qurti bo’lgan (2004 yil yanvar oyiga) va bu Sobig
chuvalchangi va ILOVEYOU tomonidan o’rnatilgan avvalgi rekordlarni yangilagan.
Mydoom nomini Kreyg Shmugar, McAfee kompyuter xavfsizligi firmasining
xodimi va ushbu qurtni ilk kashfiyotchilaridan biri qo’ygan. Shmugar ismni dastur
218
kodining qatoridagi “Mydoom” matniga e’tibor berganidan keyin tanladi. U
shunday deb ta’kidladi: “Bu o’sha vaqtda juda ham katta yo’qolishni anglatgan”.
Mydoom bugungi kunga qadar 38 milliard dollardan ortiq zarar keltirgan eng xavfli
kompyuter virusidir.
Kompyuter viruslarining tarqalash usullari.
Internet tarmog’i keng
tarqalmagan vaqtlarda viruslar ko’pincha kompyuterdan kompyuterga yuqtirilgan
disketalar orqali tarqalgan. Masalan, SCA virusi Amiga foydalanuvchilari orasida
noqonuniy dasturiy ta’minotga ega disklar orqali tarqalgan. Bu zararsiz virus
hisoblansada, bir vaqtning o’zida Amiga foydalanuvchilarining 40 foiziga tarqalgan.
Bugungi kunda viruslar Internet orqali tarqalmoqda.
Kompyuter viruslari
odatda uchta usuldan biri orqali tarqaladi: olib yuriluvchi ma’lumot saqlovchilar,
Internetdan yuklab olish va elektron pochta orqali.
Dostları ilə paylaş: