О‘zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə127/149
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#202059
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   149
Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini riv

8.2. Inson xavfsizligi 
8.2.1. Sotsial injineriya 
Ijtimoiy (sosial) injineriya
- turli psixologik usullar va firibgarlik 
amaliyotining to’plami bo’lib, uning maqsadi firibgarlik yo’li bilan shaxs to’g’risida 
maxfiy ma’lumotlarni olish hisoblanadi. Maxfiy ma’lumotlar - foydalanuvchi ismi/ 
parollari, shaxsiy ma’lumotlari, ayblov dalillari, bank karta raqamlari va moliyaviy 
yoki obro’sini yo’qotadigan har qanday ma’lumot. 
Mazkur atama xakerlik sohasidan kirib kelgan bo’lib, 
xaker
- kompyuter 
tizimidagi zaifliklarni qidiradigan odam, boshqacha aytganda – “buzg’unchi”. 
Hozirgi vaqtda xakerlar har qanday tizimdagi asosiy zaiflik bu - mashina yemas, 
balki shaxs yekanligini yaxshi tushunishadi. Inson, xuddi kompyuter singari, 
muayyan qonunlarga muvofiq ishlaydi. Psixologiya, hiyla-nayranglar va ta’sir 


271 
mexanizmlari doirasida insoniyat tomonidan to’plangan tajribadan foydalangan 
holda, xakerlar “odamlarga hujum qilishni” boshladilar. Gohida ular “aql xakerligi” 
deb ham ataladi.
Masalan, 
xaker sizdan pul olmoqchi deb faraz qilaylik. Aytaylik, u sizning 
telefon raqamingiz va ijtimoiy tarmoqdagi akkauntingiz haqida ma’lumotga ega. 
Bundan tashqari, u izlanish natijasida sizning akangiz borligini ham aniqladi va 
akangiz haqida ham yetarlicha ma’lumot to’pladi. U shuningdek, akangizni telefon 
raqamini ham biladi. Shundan so’ng, ushbu ma’lumotlar asosida o’z rejasini tuza 
boshladi.
Reja:
Xaker sizga kechki vaqtda telefon qilib, sizga (sizni ismingiz o’rniga 
faqat akangiz ataydigan biror lichka ham bo’lishi mumkin) men akangman deb 
tanishtiradi va o’zini ko’chada bezorilarga duch kelganini, ular barcha narsalarini 
(telefon, pul, plastik kartochka va boshqalar) olib qo’yganini aytadi. Bundan tashqari, 
u o’ziga bir qiz yordam berganini, biroq, uning yonida puli yo’qligini aytadi. Shu 
bilan birga, ushbu qizni yonida plastik kartasi borligini va sizdan ushbu plastik 
kartaga kasalxonaga yetib borish uchun zarur bo’lgan 20000 so’m pulni ko’chirib 
berishni talab qiladi. Mazkur holatlarning 8/10 da xakerlar muvaffaqqiyatga 
erishganlar va bu ishlarni amalga oshirish malakali xaker uchun qiyinchilik 
tug’dirmaydi.
Mazkur holda akangizni ovozini ajratish imkoniyati haqida gap borishi 
mumkin. Biroq, inson turli hayojon va shovqin bo’lgan muhitda bo’lishi mumkin. 
Bundan tashqari, agar siz uxlab yotgan vaqtingizda telefon bo’lsa, sizning ovozni 
aniqlashangiz yanada qiyinlashadi.
Ushbu holatda xaker tomonidan foydalanilgan fikrlarni ko’rib chiqaylik: 
1. Shaxsni yaxshi yashirgan va real misollarga asoslangan (masalan, sizning 
rasmlaringiz, faqat sizning yaqinlaringiz biladigan joylar va h.) va yaxshi afsona 
o’ylab topdi.
2. Bularning barchasi yetarlicha tez va ishonchli tarzda aytilgan.
3. Ta’sirning juda katta mexanizmidan foydalanilgan – achinishga ta’sir 
qilingan (hissiyotlarga murojaat qilish).


272 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin