О‘zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə135/149
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#202059
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   149
Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini riv

AT xavfsizlik arxitekturasi - 
xavfsizlikni loyihalash tizimini boshqaruvchi 
prinsiplariga rioya qilish uchun xavfsizlik prinsiplarining va umumiy 
yondashishning tavsifi. 


290 
Audit jurnali – 
tizim harakatlarining xronologik yozuvi. Berilgan muddatda 
bajariluvchi tizimli foydalanishlar va amallar yozuvlarini o’z ichiga oladi.
Autentifikator 
– 
foydalanuvchining farqli alomatini ifodalovchi 
autentifikatsiya vositasi. Qo’shimcha kod so’zlari, biometrik ma’lumotlar va 
foydalanuvchining boshqa farqli alomatlari autentifikatsiya vositalari bo’lishi 
mumkin.
Autentifikatsiya
– odatda tizim resurslaridan foydalanishga ruxsat etish 
xususida qaror qabul uchun foydalanuvchining, qurilmaning yoki tizimning boshqa 
tashkil etuvchisining identifikasiyasini tekshirish; saqlanuvchi va uzatuvchi 
ma’lumotlarning ruxsatsiz modifikatsiyalanganligini aniqlash uchun tekshirish.
Avariya vaziyati 
– masalalar yechilishining to’xtalishiga sabab bo’luvchi 
hisoblash tizimining buzilishi.
Avtomatlashtirilgan axborot tizimi
– ma’lumotlarni va axborotni yaratish
uzatish, ishlash, tarqatish, saqlash va/yoki boshqarishga va hisoblashlarni amalga 
oshirishga mo’ljallangan dasturiy va apparat vositalar majmui.
Avtorizatsiya
– tizimda foydalanuvchiga, uning ijobiy autentifikatsiyasiga 
asosan, ma’lum foydalanish huquqlarini taqdim etish.
Axborot egasi - axborot resurslariga, axborot mulkdori bilan shartnoma 
asosida egalik qilish, ulardan foydalanish va ularni idora qilish huquqiga ega axborot 
munosabatlarining subyekti.
Axborot kafolati - 
axborot va axborot tizimlarining foydalanuvchanligini, 
yaxlitligini, autentifikatsiyalanishini, konfidensialligini va rad etmasligini 
ta’minlash orqali himoyalash va qo’riqlash choralari.
Axborot urushi
- dushmanning axborotiga, axborotga asoslangan 
jarayonlariga va axborot tizimlariga zarar yetkazish, bir vaqtning o’zida tegishli 
axborotni, axborotga va axborot tizimlariga asoslangan jarayonlarni himoyalash 
yo’li bilan axborot ustunligiga erishish uchun zarur choralarni ko’rish harakatlari.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin