О‘zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə131/149
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#202059
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   149
Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini riv

“Yelka orqali qarash” hujumi. 
Ushbu hujumga ko’ra buzg’unchi 
jabrlanuvchiga tegishli ma’lumotlarini uning yelkasi orqali qarab qo’lga kiritadi. 
Ushbu turdagi hujum jamoat joylarida, masalan, kafe, avtobus, savdo markazlari, 
aeroport va temir yo’l stansiyalarida keng tarqalgan. Mazkur hujumga doir olib 
borilgan so’rovnomalar quyidagilarni ko’rsatgan: 
-
85% ishtirokchilar o’zlari bilishlari kerak bo’lmagan maxfiy 
ma’lumotlarni ko’rganliklarini tan olishgan; 
-
82% ishtirokchilar ularning ekranidagi ma’lumotlarini ruxsatsiz 
shaxslar ko’rishi mumkinligini tan olishgan; 
-
82% ishtirokchilar tashkilotdagi hodimlar o’z ekranini ruxsatsiz 
odamlardan himoya qilishiga ishonishmagan. 
Teskari sosial injineriya. 
Jabrlanuvchining o’zi tajovuzkorga ma’lumotlarini 
taqdim qilishi teskari sosial injineriyaga tegishli holat hisoblanadi. Bu bir qarashda 
ma’noga ega bo’lmagan qarash hisoblansada, aksariyat hollarda jarblanuvchilarning 
o’zi muammolarini hal qilish uchun tajovuzkorni yordamga jalb qiladi. Masalan, 
jabrlanuvchi bilan ishlovchi tajavuzkor kompyuteridagi biror faylni nomini 
o’zgartiradi yoki boshqa katalogga ko’chirib o’tkazadi. Faylni yo’q bo’lganini 
bilgan qurbon esa ushbu muammoni tezda bartaraf etishni istab qoladi. Bu vaziyatda 
tajovuzkor o’zini ushbu muammoni bartaraf etuvchi sifatida ko’rsatadi va 
qurbonning muammosini bartaraf etish bilan birga unga tegishli login/ parolni ham 
qo’lga kiritadi. Bundan tashqari, ushbu vazifasi bilan tajavuzkor tashkilot ichida 


281 
obro’ga ega bo’ladi va o’z qurbonlari sonini ortishiga erishadi. Bu holatni aniqlash 
esa ancha murakkab ish hisoblanadi.
 
Mashhur sosial injinerlar. Kevin Mitnik 
tarixdagi eng mashhur sosial 
injnerlardan biri bo’lib, u dunyodagi mashhur kompyuter xakeri, xavfsizlik bo’yicha 
mutaxassisi va sosial injineriyaga asoslangan kompyuter xavfsizligiga asoslangan 
ko’plab kitoblarning ham muallifidir. Uning fikriga ko’ra xavfsizlik tizimini 
buzishdan ko’ra, aldash yo’li orqali parolni olish osonroq. 
Aka-uka Badirlar. 
Ko’r bo’lishiga qaramasdan aka-uka Mushid va Shadi 
Badirlar 1990 yillarda Isroilda sosial injineriya va ovozni soxtalashtirish usullaridan 
foydalangan holda bir nechta yirik firibgarlik sxemalarini amalga oshirishgagan. 
Televideniyaga bergan intervyusida ular: “faqat telefon, elektr va noutbuklardan 
foydalanmaydiganlar tarmoq xavfsizdir” deb aytishgan.
Sosial injineriyadan himoyalanish choralari. 
Hujumlarni amalga oshirishda 
sosial injineriya texnikasidan foydalangan tajovuzkorlar tez-tez muloyimlik, 
dangasalik, xushmomilalik bilan foydalanuvchi va tashkilotlar xodimlarining 
qiziqishlaridan foydalanadilar. Hujumlarni oldini olish ular aldanayotganliklarini 
bilmasliklari sababli murakkab hisoblanadi.
Sosial injineriya hujumlarini quyidagicha aniqlash mumkin: 
-
o’zini do’stingiz yoki yordam so’rab murojaat qilgan yangi xodim 
sifatida tanishtirish; 
-
o’zini yetkazib beruvchi, hamkor kompaniyaning xodimi yoki qonun 
vakili sifatida tanishtirish; 
-
o’zini biror rahbar sifatida tanishtirish; 
-
biror zaiflikni bartaraf etuvchi yoki jabrlanuvchiga biror nimani 
yangilash imkoniyatini taqdim qiluvchi sotuvchi yoki ishlab chiqaruvchi sifatidan 
tanishtirish; 
-
muammo yuzaga kelganda yordam beruvchi sifatida tanishtirish; 
-
ishonchli hosil qilish uchun ichki jarangdorlik va terminologiyadan 
foydalanish; 
-
“maktub”ga turli zararli dasturlarni qo’shib yuborish; 


282 
-
soxta ochilgan oynada login/ parolni qayta kiritishni so’rash; 
-
foydalanuvchi nomi va paroli bilan saytga ro’yxatdan o’tish uchun biror 
sovg’a taklif etish; 
-
jabrlanuvchi kompyuteriga yoki dasturiga kiritilgan kalitlarni yozib 
olish (keylogger dasturlari); 
-
turli xil zararli dasturiy vositaga ega ma’lumot eltuvchilarni 
foydalanuvchi stoliga tashlash; 
-
turli ovozli qo’ng’iroqlardagi ovozli xabarlar va h. 
Hayotda ko’plab jabhalarda sosial injineriyaga tegishli muammolarni ko’rish 
mumkin. Xususan, ommaviy madaniyatda (masalan, kinolarda) sosial injinerlikdan 
foydalanish holatlari tez-tez uchrab turadi. Masalan, quyidagi keltirilgan kinolarda 
sosial injineriyaga oid epizodlar mavjud: 
-
«Поймай меня, если сможешь»
;
-
«Поймай толстуху, если сможешь»
;
-
«Один дома»
;
-
«Хакеры»
;
-
«Афера Томаса Крауна»
;
-
«Бриллианты навсегда»
;
-
«Кто я»
.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin