294
Hujumni aniqlash va ogohlantirish –
qaror qabul qiluvchiga maqbul
javobni amalga oshirish uchun bildirish orqali ataylab qilingan ruxsat etilmagan
harakatlarning aniqlanishi, korrelyatsiyasi, identifikatsiyalanishi va tavsiflanishi.
Identifikator
– subyekt yoki obyektning farqlanuvchi alomatidan iborat
foydalanishning identifikatsiya vositasi. Foydalanuvchilar uchun asosiy
identifikatsiya vositasi parol hisoblanadi.
Identifikatsiya ma’lumotlari
- tizimda muayyan qatnashchini bir ma’noli
identifikatsiyalashga imkon beruvchi, unga tegishli noyob identifikatsiya
ma’lumotlari majmui.
Ijtimoiy injeneriya
– xizmatchi xodimlar va foydalanuvchilar bilan, turli
nayrang, aldash va h. orqali chalg’itish asosidagi muloqotdan olinadigan axborot
yordamida axborot tizimining xavfsizlik tizimini chetlab o’tish.
Ikki faktorli autentifikatsiya
– foydalanuvchilarni ikkita turli faktorlar
asosida autentifikatsiyalash, odatda, foydalanuvchi biladigan narsa va egalik
qiladigan narsa (masalan, parol va fizik identifikatori) asosida.
Imzo verifikatsiyasi -
ma’lumotlardagi raqamli imzoni tekshirish uchun
raqamli imzo algoritmi va ochiq kalitdan foydalanish.
Insayder
– guruxga tegishli yashirin axborotdan foydalanish xuquqiga ega
guruh a’zosi. Odatda, axborot sirqib chiqishi bilan bog’liq insidentda muhim shaxs
hisoblanadi. Shu nuqtai nazaridan, insayderlarning quyidagi xillari farqlanadi:
beparvolar, manipulyatsiyalanuvchilar, ranjiganlar, noxolislar, qo’shimcha pul
ishlovchilar va h.
Dostları ilə paylaş: