О‘zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə139/149
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#202059
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   149
Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini riv

 
Himoya ma’muri
– avtomatlashtirilgan tizimni axborotdan ruxsatsiz 
foydalanishdan himoyalashga javobgar foydalanish subyekti. 
 
Himoyaning faol texnik vositasi
– texnik razvedka vositalariga yoki ushbu 
vositalarning me’yorida ishlashini, buzuvchi, niqoblovchi yoki imitatsiyalovchi faol 
halallar yaratilishini ta’minlovchi himoyaning texnik vositasi.
Hujum
– bosqinchining operatsion muhitini boshqarishiga imkon beruvchi 
axborot tizimi xavfsizligining buzilishi.


294 
Hujumni aniqlash va ogohlantirish – 
qaror qabul qiluvchiga maqbul 
javobni amalga oshirish uchun bildirish orqali ataylab qilingan ruxsat etilmagan 
harakatlarning aniqlanishi, korrelyatsiyasi, identifikatsiyalanishi va tavsiflanishi.
Identifikator
– subyekt yoki obyektning farqlanuvchi alomatidan iborat 
foydalanishning identifikatsiya vositasi. Foydalanuvchilar uchun asosiy 
identifikatsiya vositasi parol hisoblanadi.
Identifikatsiya ma’lumotlari
- tizimda muayyan qatnashchini bir ma’noli 
identifikatsiyalashga imkon beruvchi, unga tegishli noyob identifikatsiya 
ma’lumotlari majmui. 
 
Ijtimoiy injeneriya
– xizmatchi xodimlar va foydalanuvchilar bilan, turli 
nayrang, aldash va h. orqali chalg’itish asosidagi muloqotdan olinadigan axborot 
yordamida axborot tizimining xavfsizlik tizimini chetlab o’tish. 
 
Ikki faktorli autentifikatsiya
– foydalanuvchilarni ikkita turli faktorlar 
asosida autentifikatsiyalash, odatda, foydalanuvchi biladigan narsa va egalik 
qiladigan narsa (masalan, parol va fizik identifikatori) asosida. 
 
Imzo verifikatsiyasi - 
ma’lumotlardagi raqamli imzoni tekshirish uchun 
raqamli imzo algoritmi va ochiq kalitdan foydalanish. 
Insayder 
– guruxga tegishli yashirin axborotdan foydalanish xuquqiga ega 
guruh a’zosi. Odatda, axborot sirqib chiqishi bilan bog’liq insidentda muhim shaxs 
hisoblanadi. Shu nuqtai nazaridan, insayderlarning quyidagi xillari farqlanadi: 
beparvolar, manipulyatsiyalanuvchilar, ranjiganlar, noxolislar, qo’shimcha pul 
ishlovchilar va h.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin