О‘zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə140/149
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#202059
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   149
Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini riv

Insident
– ruxsatsiz foydalanish xuquqiga ega bo’lishga yoki kompyuter 
tizimiga hujum o’tkazishga urinishning qayd etilgan holi.
Internet–firibgarlik
– kredit – moliya sohasidagi “yuqori-texnologiyali’’ 
jinoyatchilik xili bo’lib, uyushgan va, odatda, xalqaro xarakterga ega. Jinoiy 
strukturalar tomonidan noqonuniy daromadlar olish maqsadida foydalanishni 
blokirovka qilish hujumi yoki bot-tarmoqlarni yaratish kabi zamonaviy 
texnologiyalar ishlatiladi.


295 
Jamiyat axborot xavfsizligi
– “shaxs axborot xavfsizligi” kabi, uyushgan 
odamlar kollektiviga va umuman, jamiyatga qo’llaniladi.
Kalit –
fayldagi yozuvlarni identifikatsiyalash va undan tezda foydalanish 
uchun ishlatiladigan belgilar majmui; yana - qandaydir axborotdan foydalanish 
vakolatini tasdiqlash uchun ishlatiladigan kod; yana - asosida shifrlash amalga 
oshiriluvchi qiymat; yana - ma’lumotlar elementlari naboridagi identifikator.
Kalit uzunligi (o’lchovi)
- kalitni ifodalovchi ma’lum alfavitdagi so’z 
uzunligi. Ikkili kalit uzunligi bitlarda o’lchanadi.
Keylogger
- klaviaturali kiritishni ushlab qolishga mo’ljallangan dastur yoki 
apparat vosita. Bosilgan klavishlar skan-kodlarini aniqlashni va ularni yashirincha 
saqlashni va/yoki yashirincha qandaydir kanal orqali uzatishni amalga oshiradi. 
 
Kiber infrastruktura – 
elektron axborot, kommunikatsiya tizimlari, 
xizmatlar va bu tizimlar va xizmatlarda mavjud axborotni o’z ichiga oladi.
Kiber insident – 
axborot tizimi va/yoki undagi axborotga aniq yoki potensial 
zarar yetkazilishiga sabab bo’luvchi, kompyuter tarmoqlaridan foydalanuvchi 
harakatlar.
Kiberfazo – 
Internet, telekommunikatsiya tarmoqlari, kompyuter tizimlari va 
o’rnatilgan prosessorlar va kontrollerlarni o’z ichiga olgan, o’zaro bog’langan 
axborot tizimlari infrastrukturalar tarmog’idan tashkil topgan axborot muhitidagi 
global domen.
Kiber-hujum – 
hisoblash muhiti/ infrastrukturasini, o’chirish, buzish yoki 
g’arazli nazoratlash yoki ma’lumot yaxlitligini buzish yoki nazoratlanuvchi 
axborotni o’g’irlash maqsadida kiberfazodan foydalanuvchi tashkilotga atalgan 
kiberfazo orqali amalga oshiriluvchi hujum.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin