О‘zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə138/149
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#202059
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   149
Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini riv

Buzilmaslik
– tizimning unga yuklatilgan vazifalarni berilgan sharoitda, 
istalgan vaqt onida bajarish qobiliyati.
Davlat sirlaridan foydalanish
- fuqarolarning davlat siridan iborat 
ma’lumotlardan foydalanish huquqini, korxonalar, idoralar va tashkilotlarni esa 
bunday ma’lumotlardan foydalanib ish yuritish huquqini rasmiylashtirish muolajasi.


293 
Deshifrlash algoritmi
– deshifrlash funksiyasini amalga oshiruvchi va 
shifrlash algoritmiga teskari algoritm. 
 
Dezinformatsiya
– 
foydalanuvchi shaxslarga yolg’on tasavvurni 
shakllantirish maqsadida ularga uzatiluvchi xabarni atayin buzib ko’rsatish; yolg’on 
axborotni uzatish.
Faol hujum
- dushman va/yoki buzg’unchi qonuniy foydalanuvchi 
harakatiga ta’sir etishi, masalan, qonuniy foydalanuvchi xabarini almashtirishi yoki 
yo’q qilishi va xabarni yaratib uning nomidan uzatishi va h. mumkin bo’lgan 
kriptotizimga yoki kriptografik protokolga hujum. 
 
Faol tahdid
– tizim holatini atayin ruxsatsiz o’zgartirish tahdidi.
Firibgarlik hujumi
- foydalanuvchilarning yoki dasturlarning ma’lumotlarni 
soxtalashtirish va noqonuniy afzallikka ega bo’lish yo’li bilan boshqa subyektlar 
sifatida muvaffaqiyatli niqoblanish vaziyati. 
 
Foydalanish nazorati
– foydalanuvchilarning, dasturlarning yoki 
jarayonlarning hisoblash tizimlari qurilmalaridan, dasturlaridan va ma’lumotlaridan 
foydalanishlarini aniqlash va cheklash.
Foydalanishni diskretsion boshqarish
– mavzu alomati bo’yicha obyektdan 
foydalanish konsepsiyasi (modeli). Unga binoan vakolatlarning ma’lum darajasiga 
ega foydalanish subyekti o’z xuquqini ixtiyoriy boshqa subyektga berishi mumkin.
Foydaluvchanlik
- avtorizatsiyalangan mantiqiy obyekt so’rovi bo’yicha 
mantiqiy obyektning tayyorlik va foydalanuvchanlik holatida bo’lishi xususiyati. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin