О‘zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə126/149
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#202059
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   149
Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini riv

13-modda. Shaxsning axborot borasidagi xavfsizligi 
Shaxsning axborot borasidagi xavfsizligi uning axborotdan erkin foydalanishi 
zarur sharoitlari va kafolatlarini yaratish, shaxsiy hayotiga taalluqli sirlarini saqlash, 
axborot vositasida qonunga xilof ravishda ruhiy ta’sir ko’rsatilishidan himoya qilish 
yo’li bilan ta’minlanadi. 
Jismoniy shaxslarga taalluqli shaxsiy ma’lumotlar maxfiy axborot toifasiga 
kiradi. 
Jismoniy shaxsning roziligisiz uning shaxsiy hayotiga taalluqli axborotni, 
xuddi shuningdek shaxsiy hayotiga taalluqli sirini, yozishmalar, telefondagi 
so’zlashuvlar, pochta, telegraf va boshqa muloqot sirlarini buzuvchi axborotni 
to’plashga, saqlashga, qayta ishlashga, tarqatishga va undan foydalanishga yo’l 
qo’yilmaydi, qonun hujjatlarida belgilangan hollar bundan mustasno. 
Jismoniy shaxslar to’g’risidagi axborotdan ularga moddiy zarar va ma’naviy 
ziyon yetkazish, shuningdek ularning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari 
ro’yobga chiqarilishiga to’sqinlik qilish maqsadida foydalanish taqiqlanadi. 
Fuqarolar to’g’risida axborot oluvchi, bunday axborotga egalik qiluvchi 
hamda undan foydalanuvchi yuridik va jismoniy shaxslar bu axborotdan foydalanish 
tartibini buzganlik uchun qonunda nazarda tutilgan tarzda javobgar bo’ladilar. 
Ommaviy axborot vositalari axborot manbaini yoki taxallusini qo’ygan 
muallifni ularning roziligisiz oshkor etishga haqli emas. Axborot manbai yoki 
muallif nomi faqat sud qarori bilan oshkor etilishi mumkin. 
14-modda. Jamiyatning axborot borasidagi xavfsizligi 
Jamiyatning axborot borasidagi xavfsizligiga quyidagi yo’llar bilan erishiladi: 
demokratik fuqarolik jamiyati asoslari rivojlantirilishini, ommaviy axborot 
erkinligini ta’minlash; 


268 
qonunga xilof ravishda ijtimoiy ongga axborot vositasida ruhiy ta’sir 
ko’rsatishga, uni chalg’itishga yo’l qo’ymaslik; 
jamiyatning ma’naviy, madaniy va tarixiy boyliklarini, mamlakatning ilmiy 
va ilmiy-texnikaviy salohiyatini asrash hamda rivojlantirish; 
milliy o’zlikni anglashni izdan chiqarishga, jamiyatni tarixiy va milliy 
an’analar hamda urf-odatlardan uzoqlashtirishga, ijtimoiy-siyosiy vaziyatni 
beqarorlashtirishga, millatlararo va konfessiyalararo totuvlikni buzishga qaratilgan 
axborot ekspansiyasiga qarshi harakat tizimini barpo etish. 
15-modda. Davlatning axborot borasidagi xavfsizligi 
Davlatning axborot borasidagi xavfsizligi quyidagi yo’llar bilan ta’minlanadi: 
axborot sohasidagi xavfsizlikka tahdidlarga qarshi harakatlar yuzasidan 
iqtisodiy, siyosiy, tashkiliy va boshqa tusdagi chora-tadbirlarni amalga oshirish; 
davlat sirlarini saqlash va davlat axborot resurslarini ulardan ruxsatsiz tarzda 
foydalanilishidan muhofaza qilish; 
O’zbekiston Respublikasining jahon axborot makoniga va zamonaviy 
telekommunikasiyalar tizimlariga integrasiyalashuvi; 
O’zbekiston Respublikasining konstitusiyaviy tuzumini zo’rlik bilan 
o’zgartirishga, hududiy yaxlitligini, suverenitetini buzishga, hokimiyatni bosib 
olishga yoki qonuniy ravishda saylab qo’yilgan yoxud tayinlangan hokimiyat 
vakillarini hokimiyatdan chetlatishga va davlat tuzumiga qarshi boshqacha tajovuz 
qilishga ochiqdan-ochiq da’vat etishni o’z ichiga olgan axborot tarqatilishidan 
himoya qilish; 
urushni va zo’ravonlikni, shafqatsizlikni targ’ib qilishni, ijtimoiy, milliy, irqiy 
va diniy adovat uyg’otishga qaratilgan terrorizm va diniy ekstremizm g’oyalarini 
yoyishni o’z ichiga olgan axborot tarqatilishiga qarshi harakatlar qilish. 
16-modda. Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to’g’risidagi qonun 
hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik 
Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to’g’risidagi qonun hujjatlarini 
buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo’ladilar. 


269 
O’zbekiston Respublikasida kiberjinoyatlarga qarshi javobgarliklar quyida 
keltirilgan.
O’zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeks: 
155-modda. Axborotdan foydalanish qoidalarini buzish 
-
Axborot tizimidan foydalanish maqsadida unga ruxsatsiz kirib olishda 
ifodalangan axborot va axborot tizimlaridan foydalanish qoidalarini buzish — 
o
fuqarolarga eng kam ish haqining uchdan bir qismidan bir 
baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — bir baravaridan uch 
baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi. 
-
Axborot tizimlarining ishini buzishga olib kelgan xuddi shunday 
huquqbuzarlik, xuddi shuningdek kirish cheklangan axborot tizimlarini axborot-
hisoblash tarmoqlariga ulash chog’ida tegishli himoya choralarini ko’rmaganlik — 
o
fuqarolarga eng kam ish haqining bir baravaridan uch 
baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravaridan besh 
baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi. 
-
Yuridik va jismoniy shaxslarning axborot tizimlarini xalqaro axborot 
tarmoqlariga qonunga xilof ravishda ulash, bu tarmoqlarga tegishli himoya 
choralarini ko’rmasdan ulanish, xuddi shuningdek ulardan ma’lumotlarni qonunga 
xilof ravishda olish — 
o
fuqarolarga eng kam ish haqining ikki baravaridan besh 
baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan yetti 
baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi. 
-
O’zganing elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturi yoki 
ma’lumotlar bazasini o’z nomidan chiqarish yoxud qonunga xilof ravishda undan 
nusxa olish yoki bunday asarlarni tarqatish — 
o
fuqarolarga eng kam ish haqining bir baravaridan uch 
baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravaridan besh 
baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi. 
218-modda. Ommaviy axborot vositalari mahsulotlarini qonunga xilof 
ravishda tayyorlash va tarqatish 


270 
-
Ommaviy axborot vositalarining mahsulotlarini belgilangan tartibda 
ro’yxatdan o’tkazmasdan yoki ularni chiqarishni yoxud nashr etishni to’xtatish 
to’g’risida qaror qabul qilingandan keyin qonunga xilof ravishda tayyorlash va 
tarqatish — 
o
bosma yoki boshqa mahsulotlarni musodara qilib, eng kam ish 
haqining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga 
sabab bo’ladi. 
O’zbekiston Respublikasi jinoyat kodeks: 
143-modda. Xat-yozishmalar, telefonda so’zlashuv, telegraf xabarlari yoki 
boshqa xabarlarning sir saqlanishi tartibini buzish 
-
Xat-yozishmalar, telefonda so’zlashuv, telegraf xabarlari yoki boshqa 
xabarlarning sir saqlanishi tartibini qasddan buzish, shunday harakatlar uchun 
ma’muriy jazo qo’llanilgandan keyin sodir etilgan bo’lsa, — 
o
eng kam oylik ish haqining yigirma besh baravarigacha 
miqdorda jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoki 
uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha 
axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin