1
2
Fan/Modul kodi
MSVAX 104
O`quv yili
2022-2023
Semestr
1-2
Kreditlar
4
Fan/Modul kodi
Majburiy
Ta`lim tili
O`zbek
Haftadagi dars soatlari
4
1
Fanning nomi
Auditoriya
mashg`ulotlari
Mustaqil ta`lim
Jami yuklama
Media
savodxonlik va
axborot
madaniyati
(60 soat)
Ma’ruza 30 soat,
Seminar 30 soat
(60 soat)
(120 soat)
2
I.
Fanning mazmuni:
Fanni o‘kitishdan ko‘zlangan asosiy maqsad - talabalarga bugungi kundagi zamonaviy axborot makoniga
poydevor bo‘lgan, inson ijtimoiy-madaniy hayotining ajralmas qismi hisoblangan muloqot, ma’lumot
evolyutsiyasi tarixini o‘rgatish. Chunki, axborot tushunchasi, makon va zamonga xos bo‘lib, u davriy hodisa
sifatida turli shakl-shamoyilda namoyon bo‘ladi. Jumladan, sobiq sovetlar davrida axborot taqchilligi yuzaga
kelgan bo‘lsa, hozirgi kunda esa jamiyatda axborot oqimi ko‘paygani tufayli, axborotdan “bezish”, uni tahlil
qilmay, bor holicha iste’mol qilish jarayoni yuzaga keldi. Global axborot makonida qabul qilinayotgan
axborotlarni tushunish, baholash, tanqidiy tafakkurni shakllantirish.
Fanning vazifasi: Ommaviy axborot vositalari va media makonga xos: “raqamli”,
“kompyuter”, “vizual”, “texnologik”, “kommunikatsion”, “media”, “axborot”, “ommaviy madaniyat” va
“texnokratiya” kabi tushunchalarni talaba-yoshlarga mazmuni, maqsad va vazifalarini anglagan holda
foydalanish madaniyatini shakllantiradi.
Talabalarda fanni o‘qish natijasida:
-ma’lumot, muloqot tushunchasi, evolyutsiya va tarixiyligi;
-media va axborot madaniyati savodxonligining asosiy elementlarini belgilash;
-axborot manbalari va ehtiyojlarini aniqlash;
-media savodxonlik va axborot madaniyatini baholash;
-axborot (matn)ni tahlil qilish savodxonligini oshirish;
-axborot xuruji, tahdid va boshqa turdagi xavfsizlikka qarshi media savodxonlikka oid ma’naviy-madaniy
immunitetini shakllantirish;
-yoshlarda internet va ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishda qaramlik hissi bilan emas, balki, o‘qib-
o‘rganishni maqsad qilishi lozim;
-kelgusi faoliyatda media savodxonlik va axborot madaniyatini pedagogik faoliyatida qo‘llash usullarini
aniqlash; .
-milliy axborot xavfsizligini ta’minlash va g‘oyaviy immunitetini shakllantirish.
Media savodxonlik va axborot madaniyati sohasida yetakchi mamalakatlarning ilg‘or tajribalarini
ommalashtirishga doir nazariy va amaliy bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishdan iborat. “Media
savodxonlik va axborot madaniyati” fanining o‘quv dasturi Massachute, Kembridj universiteti va
Finlyandiya ta’lim sohasi tajribasi asosida tahlil qilinib, ishlab chiqildi.
Dostları ilə paylaş: |