emas. Ular keng (A3) va oddiy (A4) chop etish
formatiga ega. 24, 48 ignali (nuqtali) printerlar
mavjud bo‟lib, albatta ignalar soni ko‟pligi yaxshi
ekanligi tushunarlidir.
Oqimli printerlar.
Bunday printerlar maxsus
(rangli va rangsiz) siyohlarni purkash yo‟li bilan
ishlagani uchun ular oqimli deb ataladi. Bu
printerlarning turli ranglarda chop qilish sifati tiniq va ravshan bo‟lib, ularning-
kamchiligi siyohining tez tamom bo‟lib qolishi va uning nozikligidir. Bu printerlar
matnlarni nisbatan tez, grafik tasvirlarni esa sekinroq chop etadi.
Lazer printerlar.
Lazer printerlar ham sifati, ham tezligi jihatidan eng
yaxshi printer hisoblanadi. Ular rangli va rangsiz bo‟ladi.
Bunday printerlarning andozasi sifatida HEWLETT-PACKARD (hP)
firmasi chiqaradigan HP LaserJet rusmli printerlar qabul qilingan. Lazer
printerlarda chop etish juda qulay bo‟lib, u tez (minutiga 8-15 hatto 40 varaqqacha)
chop etishi mumkin. Ammo tabiiyki, bunday printerlarning narxlari nisbatan
balandroqdir. Uning bir kamchiligi - unda ishlatiladigan toner rang va kortrijning
tez almashtirib turilishidadir. Uning bir toneri taxminan 1500-2500 varaqqa yetadi.
Albatta bu raqam tejab ishlatishga bog‟liq albatta. SHuning uchun lazer printerda
chiqarilgan nusxani kseroks orqali ko‟paytirish maqsadga muvofiqdir.
Modem.
Modem modulyatsiya, demodulyatsiya so‟zlaridan olingan bo‟lib,
uzluksiz signallarni raqamli (modulyatsiya) va raqamli ma‟lumotlarni uzluksiz
(demodulyatsiya) signalga almashtirib beradigan qurilmadir. Uning asosiy vazifasi
kompyuterlararo aloqani o‟rnatishdir. U o‟zining kommunikatsion dasturlariga ega
bo‟lib, bu dasturlar yordamida uzoq masofalarga ma‟lumotlarni uzatishi va qabul
qilishi mumkin. Modem ichki va tashqi bo‟lishi mumkin. hozirda ko‟p
kompyuterlar modem bilan birga sotilmoqda.
Skaner.
Skaner – matn, grafika, tasvirlarni kompyuterga kiritishni
avtomatlashtirish uchun xizmat qiluvchi qurilma. U hozir asosan rangli ko‟rinishda
chiqarilayapti. Uning andozasi sifatida hP (hewlett packard) firmasi ishlab
chiqaradigan hP Scanjet rusumli skanerlar qabul qilingan. Uning asosiy tavsifi
ma‟lumotlarni aniq, tiniq, lozim bo‟lgan rangda (xususan qora rangli) ko‟rinishda
chiqarish qobiliyatidir. Ushbu tasvirlash qobiliyati gorizontal va vertikal
chiziqlardagi nuqtalar (piksellar) soni orqali belgilanadi.
Skaner dastur boshqaruvida ishlaydi. Matnlarni yaxshi tanish uchun maxsus
obrazlarni tanuvchi dastur vositalaridan foydalaniladi. Bunday dasturlar hatto
qo‟lyozmani ham tanish qobiliyatiga ega. Shunday dasturlar Fine Reader va Cunei
Form nomlari bilan ataladi.
Strimer. Ma‟lumotlarni kasetali tasma ko‟rinishidagi xotira qurilmasiga
yozish va undan o‟qish uchun ishlatiladigan moslama.
Proektor. Kompyuterdagi ma‟lumotlarni proektsion ekranda kattalashtirib
ko‟rsatish uchun xizmat qiladi.
Dostları ilə paylaş: