Ma’ruza Zamonaviy axborot texnologiyalari va ularning qo’llanilishi. Zamonaviy kompyuterlarning apparat va dasturiy ta’minoti



Yüklə 291,7 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/20
tarix07.01.2024
ölçüsü291,7 Kb.
#202442
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Ma’ruza Zamonaviy axborot texnologiyalari va ularning qo’llanili

Tizim platasi.
U kompyuterning asosiy platasi hisoblanib, unga BIOS, 
mikroprotsessor, tezkor xotira, kesh xotira, shinalar joylashtirilgan bo‟ladi. Bundan 
tashqari, unda bahzi bir qurilmalar, ishni boshqaruvchi elektron tizimlar, 
klaviatura, disk qurilmalari adapteri ham joylashgan bo‟ladi. hozirda shinalarning 
PSI/ISA turi keng ishlatilmoqda. Bunday shinalarning ma‟lumot ayirboshlashi 
tezligi yuqori bo‟lib, u orqali kompyuterga ko‟p tashqi qurilmalarni ulash mumkin.
Kompyuterda kiritish-chiqarish portlari kontrolerlari mavjud bo‟lib, ular 
tizim blokining orqa qismida joylashgan slot deb ataluvchi joylar orqali printer, 
sichqoncha va boshqa qurilmalar ulanishi uchun xizmat qiladi. Kiritish-chiqarish 
portlari parallel va ketma-ket bo‟ladi va ular mos ravishda LPT1-LPT4 va COM1-
COM3 deb belgilanadi. Odatda LPT portga printer va COM portga faks-modem, 
sichqoncha va boshqa qurilmalar ulanadi.
 


Axborot jarayonlarining dasturiy ta’minoti, dasturiy ta’minot turlari.
Tizimli dasturiy ta’minoti. 
Kompyuter ishlashi uchun zaruriy shart – dasturlarning mavjudligidir. 
Dastur ta‟minoti 2 ta guruhdan iborat: 
- Tizimning ishlashi bilan bog‟liq tizim dasturlari; 
- amaliy dasturlar. 
Tizim dasturlari kompyuterning ishlashi uchun zarur dasturlar bo‟lib, u 
kompyuterning ishlashini boshqaradi, uning turli qurilmalari orasida muloqotni 
tashkil qiladi. Kompyuterdan foydalanishni osonlashtiruvchi tizim dasturlarining 
yadrosi operatsion tizimlardir. OT foydalanuvchi va kompyuter orasida bevosita 
muloqot o‟rnatishni, kompyuterni boshqarishni, foydalanuvchi uchun qulaylik 
yaratishni, kompyuter resurslaridan oqilona foydalanish va hokazolarni 
tahminlovchi dasturlardir. 
Hozirgi paytda turli operatsion tizimlar mavjud. Masalan: UNIX, MS DOS, 
DRD DOS, OS/2, WARP, WINDOWS, MACINTOSH va boshqalar. Bundan 
tashqari, xizmat qiluvchi dasturlar mavjud bo‟lib, ularni 
dastur utilitlari
deb 
ataladi. Ular kompyuter ishlashini qulay qiluvchi yordamchi amallarni bajaradigan 
dasturlardir.. 
Amaliy dasturlar predmet sohadan olingan alohida masalalar va ularning 
to‟plamini yechish uchun qaratilgan bo‟lib, amaliy masalalarni yechish uchun 
mo‟ljallangan. Bunday dasturlar majmui 
amaliy dasturlar paketi
(ADP) qisqacha 
amaliy dasturlar deb ataladi.
Dasturlar odatda magnitli saqlagichlarda joylashgan bo‟ladi. Ammo OTlar va 
u bilan bog‟lik dasturlar ancha katta hajmga ega bo‟lgani tufayli keyingi paytlarda 
lazer disklariga yozilmoqda. 
Bahzi bir tizimli dasturlar, masalan, kiritish-chiqarishning asosiy tizim 
dasturlari (ular BIOS -Basa Input Output System) deb ataladi va to‟g‟ridan-to‟g‟ri 
kompyuterning doimiy xotirasida saqlovchi qurilmasiga yozilgan bo‟ladi. Tizim 
dasturlar yadrosini OTlar tashkil qiladi. 

Yüklə 291,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin