“Tasdiqlayman” O’quv ishlari bo’yicha prorektor prof. A. Soleev



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/109
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#202525
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   109
 
 
2-MAVZU: KASBIY FAOLIYAT MOTIVASIYASI 
Kasbiy motiv va motivasiya muammosi xorij psixologlari tomonidan keng 
doirada tadqiq qilingan. Jumladan, kasbiy motivlar borasida Ye.A.Klimov, 
V.A.Kruteskiy, A.N.Vasilkova, E.Disi, V.Vrum, M.V.Dmitriy va boshqalarni 
kiritishimiz mumkin. Shaxsning ish faoliyati bilan bog’liq motivasiyalarni 3 guruhga 
ajratish mumkin; birinchisi - mehnat faoliyati motivlari, ikkinchisi - kasb tanlash 
motivlari va uchinchisi - ish joyini tanlash motivlari. Aniq faoliyat esa barchasini 
jamlangan holda izohlanadi, ya’ni, bunda mehnat faoliyati motivlari, kasb tanlash 
motivlarining shakllanishi, shuningdek, qolgan ikkita motiv orqali esa ish joyini 
tanlash motivlari ham yuzaga keladi.
Mehnat faoliyati motivlari xilma-xil bo’lib, ular o’ziga xos omillar bilan 
belgilanadi.
Birinchi guruh omillariga jamoaviy xarakterning uyg’onishi bilan bog’liqliklari 
kiritilib, bunda jamoaga foyda tegishini anglash, boshqa insonlarga yordam berish 
istagi, mehnat faoliyatida ijtimoiy ustanovkaning zarurligi va boshqalarga nisbatan 
tobelikni xohlamaslik kabi motivlar hisoblanadi.


42 
Ikkinchi guruh omillari o’zi va oilasi uchun moddiy mablag’ning orttirilishi, 
moddiy va ma’naviy ehtiyojlarning qondirilishi uchun pul ishlab topish motivlaridir.
Uchinchi guruhga o’zini o’zi faollashtirish, rivojlantirish, o’zini namoyon 
qilish ehtiyojlarining qondirilishi va boshqalar kiradi. Ma’lumki, insonlar tabiatdan 
biror-bir faoliyat bilan shug’ullanmasdan turolmaydilar. Inson nafaqat iste’molchi 
balki yaratuvchi bo’lib, yaratish jarayonida u ijoddan ilhom oladi. Bu guruhga 
mansub motiv jamiyat tomonidan ehtiyojlarning qondirilishi va boshqalarning 
hurmatini qozonish bilan bog’liq. Maktab o’quvchilarining mehnat tarbiyasi ham shu 
motiv bilan bog’liq ravishda shakllantiriladi.
Mehnat faoliyatining umumiy motivlari yukorida aytib o’tilganidek, aniq 
kasblar doirasida amalga oshadi. Kasb tanlash anchagina qiyin va motivasion 
jarayondir. Axir shaxsning to’g’ri kasb tanlashi ko’pincha insonning hayotdan 
qoniqishga ham sabab bo’ladi.
Insonning qaysi faoliyatini tanlashi ko’proq tashqi omillar haqidagi karorning 
kabul kilinishi jarayoni haqida tuxtalishi muhimdir. Bu asosan tashki xolat 
baxolariga, o’zining imkoniyat va kobiliyatlariga, kasb tanlashdagi qiziqish va 
moyilliklariga bog’liqdir. Tashqi holatini baholash, ijobiy ta’sir ko’rsatadigan 
omillar, o’zida ishlab topiladigan pul mikdori, imtiyoz, taklif etilayotgan korxona, 
muassasaning yashash joyiga yakin bo’lishi, transpot alokalarining kulayligi, ish joyi 
estetikasi va ishlab chikarishning zararli tomonlari, jamoadagi psixologik iklim, 
maktov va tartibga chakirish kabilarni kamrab oladi.
O’z imkoniyatlarini baxolash soglomligi, ishga yarokliligi, kasbi bo’yicha 
muhim sifatlarga egaligi, bilim darajasi, stresslarsiz ishga moyilligi, yuqori shovkinli 
ishda talab etilgan temp va xotirjam ritm bilan ishlay olish imkoniyati kabilarni uz 
ichiga oladi.
Qiziqishlarga mos ravishda tanlangan ish joyini baholash, ayni vaqtda 
ishlayotgan muassasasi, korxonadagi imkoniyat to’siqlari, ishni boshqarish, kasbiy 
o’sish, tashabbusning paydo bo’lishi muhim ahamiyatga ega. Ba’zan qiziqish 
bo’yicha ish joyini tanlash muhim ahamiyat kasb etadi.


43 
Ish joyini va kasbni tanlash motivlari E.S.Chuchunay tomonidan klassifikasiya 
qilingan. U kasb motivlarini quyidagilarga ajratadi:
1) Dominant (kasbga qiziqishning ustun turishi), 
2) Vaziyat bilan bog’liq (har doim insonni qiziqtirib kelgan shart-sharoitlarni 
ruyobga chiqarish).
3) Komformist.
4) Kasbiy motivasiyalar (o’ziga yaqin ijtimoiy olamning ya’ni yaqinlarini, 
do’st va tanishlarining maslaxatlari bilan).
L.I.Bamburova musiqa ijrochilik kasbini tanlashga sabab bo’luvchi omillar 
sifatida quyidagilarni ajratib ko’rsatadi:
Ijod va musiqa ijro etishga bo’lgan qiziqish.
Musiqadan zavqlanishga bo’lgan ehtiyoj.
Musiqa asarlarini ijro etishda o’zi tashabbus ko’rsatishga intilish.
Tinglovchilarning qadriyatini ko’tarish, ularga rohat baxsh etish xohishi.
Albatta yuqoridagilar musiqa ijrochilik faoliyatining to’liq motivlari emas. 
Ular faqatgina musikachilik faoliyatini boshlashga olib keladi.
A.P.Vasilyev tibbiyot xodimi kasbini tanlashning quyidagi asosiy motivlarini 
keltirib o’tadi:
1) Insonlarni davolash istagi.
2) Og’ir kasalliklar, qariya, yosh bolalarni og’riqlardan xalos etish istagi.
3) O’z yaqinlarining sog’lig’i haqida qayg’urish imkoniyati.
4) Ilmiy tibbiyot muammolarini hal etish.
5) O’z sog’lig’i haqida kaygurish.
6) Moddiy qiziqishlar.
Motivlarning mustaxkamlanishi mehnat faoliyatida ishlovchilarning ko’pgina 
omillarini qondirilishiga bog’liq bo’ladi. G’arb psixologlaridan V.Vrum va E.Disi 
mehnat faoliyati motivasiyasini tarkibiy qismlarini ajratadilar. Unga ko’ra insonlar 
qanchalik uz ishidan qoniqsa, shunchalik ular o’z ishlarini bajarishga kuchliroq 
xarakat qiladilar. Ularni faoliyat jarayonida ragbatlantirib borilsa, shunchalik 
qattiqroq ishlaydilar. Bunday yondashuvda amalga oshiriladigan ragbatlantirish 


44 
ishchilar faoliyatining mahsuldorligiga bog’liq. Bunda ular faoliyat ko’rsatadigan 
firma, kompaniya va tashkilotlardan kuch oladilar. Bu turli qo’shimcha imtiyozlar 
nafaqat ta’lim olish uchun intilish, dam olish, korxona tomonidan tashkillashtiriladi.
So’rovnoma natijalariga muvofiq ishdan bo’shashning turi - obyektiv, obyektiv 
- subyektiv va subyektiv ko’rinishlarga ajratiladi. Obyektiv sabablarga sog’liqning 
yomonligi va jismoniy holati, turar joyini o’zgarishi, ta’lim olishni davom ettirish, 
tug’ish va bolani parvarishlash kabilar kiradi. Obyektiv - subyektiv sabablarga 
mehnat shartnomasining shartlari, kasbiy o’sish, yuksalish imkonining yo’kligi va 
boshqalarni kiritishimiz mumkin. Subyektiv sabablarga jamoadagi psixologik iqlim, 
shaxslararo munosabatlar va boshqalar kiradi.
Ishsizlarning ish qidirish motivasiyalari haligacha ham o’rganilmayotgan 
muammo bo’lib qolmoqda. Shu bilan birga ishsizlarning axloqi, yangi ish joyini 
topish bo’yicha faoliyati ko’p jihatdan uning motivasion jabhalariga, ularning 
tuzilishiga kam hollarda hayot mazmunining shart-sharoitlariga bog’liq. M.V.Dmitriy 
ta’kidlaganidek, ishsizlarning motivasion jabhalarini o’ziga xos xususiyatlari ish 
izlashdagi faoliyatlari motivasion tuzilishlarining xamma ko’rsatkichlariga bog’liq 
holda namoyon bo’ladi. Ular ijtimoiy o’zgarishlardan mustakil bo’lish uchun kayta 
xarakat kilishda uz imkoniyatlaridan foydalanishga turtki beradi. Passiv ishsizlarning 
motivasion 
imkoniyatlarini 
tuzilish 
xususiyati 
aloxida 
motivlarning 
xam 
xarakatlanuvchanligi bilan tavsiflanadi.
Kasbiy faoliyat motivlari tuzilishining tavsifnomasi uchun B.N.Dadanov taklif 
qilgan usullarni qo’llash mumkin. U istalgan faoliyatning sabablari sifatida quyidagi 
omillarni o’zida aks ettiradi, deb ko’rsatadi:
1 .Ayni faoliyat jarayonidan rohatlanish.
2.Faoliyatning to’g’ri natijalari (yaratiladigan maxsulot o’zlashtirilayotgan 
bilim va xokazo).
3.Faoliyatni rag’batlatirish (maosh, mansabni oshirish, so’z vositasida va 
xokazo).
4.Bosh tortish xollarida yoki faoliyat yaxshi bajarilmaganda beriladigan 
jazodan o’zini olib kochishga intilish.


45 
Bu sabablar salbiy “valentlikka” xam ega bo’lishi mumkin. Masalan, 
faoliyatdan uzoqlashib, qiziqishlarini so’ndirishi mumkin. Salbiy valentlikni maxsus 
belgi bilan izoxlab, ularni quyidagicha ifodalash mumkin:
T-insonga ish jarayonining mashaqqatli, yoqimsiz bo’lishi;
R-erishishi kerak bo’lgan natijaga intilishdan uzoqlashish;
V-ishdan bosh tortish uchun rag’batlantirish-taklif etish;
G-ayni ish faoliyati uchun jazo belgilashi.
Pedagogik oliy o’quv yurtlariga kirish va pedagog kasbini tanlash motivlari 
(o’qituvchi, bogcha tarbiyachisi va b.) turli xil bo’lib, bunda ulardan bir qanchasi 
pedagogik faoliyat bilan bog’liq bo’ladi. Bu jihat anchadan beri pedagogik, 
jamoatchilik va oliy o’quv yurtlarini o’ylantirib keladi. O’tkazilgan ko’pgina 
so’rovlar bo’yicha olingan natijalarda (pedagogik oliy o’quv yurtiga kirganlarning) 
o’qituvchi kasbiga ijobiy munosabat bildirgan. Taxminan 40 % u yoki bu narsa yoki 
predmetlarga qiziqqani tufayli o’qituvchilik faoliyatiga qiziqmagan xolda 13 % dan 
22 % talabalar esa na o’qituvchilik faoliyatiga va na kasbiy fanga ijobiy munosabat 
bildiradi. Ularni oliy o’quv yurtiga kirishidan maksad ayni vaktda xarbiy xizmatdan 
qochish yoki oliy ta’lim nufuziga ega bo’lish hisoblanadi. Ko’pgina, talabalarning 
pedagogika o’quv yurtiga kirish sabablari shu dargoxning ularning turar joyiga 
yaqinligi bo’ladi. Bu ko’rsatkich, bunday moyillik ko’p yillar davomida saqlanib 
kelmoqda.
Ongli ravishda kasb tanlash insonning ijtimoiy mavqyei bilan bog’liq ravishda 
amalga oshadi. Agar inson uchun asosiysi ijtimoiy nufuz xisoblansa, unda kasb 
xozirda mavjud bo’lgan qoidalar, shuningdek, jamiyatdagi nufuzli kasblardan kelib 
chiqib tanlanadi. Ko’pchilik kasb tanlayotganda bu kasb ularga qanchalik moddiy 
ragbat keltirishiga tayanadi.
Insonlar orasida qiziqishlari tufayli kasb tanlovchilar xam bo’ladi va bu 
qiziqish kamdan-kam xollarda romantik xarakter kasb etadi.
Kasb mansabga intilish asosida, xaqiqiy tashqi taassurotlar zamirida, ota-ona, 
do’stlarining maslaxatlari orqali yoki omadga bog’liq xolda tanlashi mumkin. Lekin 
kasbdagi romantika odatda tezda yo’qoladi va uning o’rnida inson xali na hissiy, na 


46 
jismoniy va na psixik jihatdan tayyor bo’lmagan “og’ir ish kunlari” qoladi. Tanlagan 
kasbi o’zi uchun qiyin bo’lib, ko’p hollarda turli tusiqlarni yuzaga keltiradi va ayrim 
xollarda uz kasbini o’zgartirishiga to’g’ri keladi.
Bunday hollarda kasb tanlash ko’pgina sharoitlarga bog’liq bo’lib qoladi. 
Lekin xammasidan oldin kasb tanlashga e’tiborni tortish kerak. Ko’pgina, tanlangan 
faoliyatlar insonning kobiliyat va moyiligiga muvofik bo’ladi.
A.K.Baymetov pedagogik faoliyat motivlarini o’rganib, ulardan 3 ta 
asosiylarini birlashtiradi:
a) muqarrarlik motivi (burchli);
b) o’qitilayotgan predmetlarning qiziqarliligi va e’tiborni tortish;
v) bolalar bilan muloqotga kirishish.
Bu motivlarning ustunlik qilish xarakteriga ko’ra mualliflar 4 guruhga mansub 
o’qituvchilarni ajratadilar:

Burch xissining ustunligi bilan (43 %);

o’qitilayotgan fanlarga qiziqishning ustunligi (39 %);

bolalar bilan muloqotga kirishish ehtiyojining ustunligi (11 %);

o’zi xohishlarini ruyobga chiqarish motivi.
O’rganilgan manbalarga ko’ra motivasiya tiplari o’qituvchilarning 
o’quvchilarga bo’lgan pedagogik talablarining yo’nalishi va xarakteriga ta’sir 
ko’rsatadi. O’qituvchining turli tomonli motivasiyasi o’quvchilarning axloqiga va 
ularning o’quv materialini o’zlashtirishga talabning uyg’unligi bilan tavsiflanadi. 
O’qituvchilardagi majburiyat motivlarining ustunligi o’quvchilarga fakatgina katta 
talablar kuyib kolmasdan, balki, katiy intizomni xam talab qiladi. O’quv faniga 
bo’lgan qiziqish motivlari ustun turuvchi o’qituvchilarda o’quv materialini 
uzlashtirishga bo’lgan talab kuzga tashlanadi, chunki bunda eng ko’p talab o’quvchi 
shaxsiga qaratilgan bo’ladi.
A.K.Baymetov ta’kidlab o’tganidek, avtoritarlikka moyillik motivining 
ustunligi avtoritar o’qituvchilarda muloqot motivining ustunligi liberal o’qituvchilar 
u yoki bu motivlardan xech birining ustun bo’lmasligi demokratik uslubli xos 
o’qituvchilarga xos jihat hisoblanadi.


47 
Pedagog kasbini o’zlashtirishda kasbiy bilimlarga bo’lgan ehtiyoj oshadi. 
V.N.Nikitenko va B.Fidlerlarning ma’lumotiga ko’ra 25-30 yoshli o’qituvchilarda 
oliy o’quv yurtida o’qiyotgan chog’ida unchalik ahamiyat bermagan pedagogik va 
psixologik bilimlarni egallashga bo’lgan ehtiyoj uyg’onar ekan N.V.Jurinim 
o’qituvchilarning pedagogik faoliyatidagi turli xil omillarga munosabatini o’rgangan. 
Tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, o’qituvchilarning uz kasbi va ish joyidan qoniqishi 
ba’zilarda birinchi navbatda maktabning moddiy bazasiga bog’liq bo’ladi, 
boshqalarida esa pedagogik faoliyatda yaxshi natijalarga erishishga, uchinchi xilida 
ma’muriyat bilan uzaro aloqa o’rnatishga, turtinchi kishida oylik olish bilan bog’liq 
bo’ladi.
O’quv faoliyati motivasiyasining xususiyatlarini o’rganishda 2 jihatni farqlab 
olish lozim:
Birinchi jihat - o’quv faoliyatini tanlash motivasiyasi. Ikkinchisi nima uchun 
olim aynan shu mavzuni o’rganib chikishga qo’l urgani sababini aniqlash. Fan bilan 
shug’ullanish bir necha sabablarga bog’liqligi bilan belgilanadi. Ularga yangilikka 
intilish va ularni yaratish, aniq fanlarga qiziqish va qandaydir aniq masalalarga 
qiziqish, o’z kashfiyotlari bilan insoniyatga foyda keltirish, istagan yoki qandaydir 
xalq xo’jaligiga doir masalalarni hal etish yoki shunchaki o’z ishi bilan o’zidan 
tarixda nom-nishon qoldirish; aniq bir ijtimoiy statusga intilish (ilmiy darajalariga 
ega bo’lish) mashxurlikka intilish kabilar bilan belgilanadi.
Pedagogik faoliyatning muhim qismlari bo’lib, uning motivasiyasida ko’rinadi. 
Pedagogik faoliyat o’quv faoliyatidagi kabi motivasion oriyentasiyalarga ajratiladi.
Ular tashqi motivlar bo’lib, bunga o’z faoliyati natijasi va jarayonini 
oriyentasiya qilishni misol qilish mumkin. Aniq ta’lim muassasasidagi ish nufuzining 
tashqi motivlari, mehnatga haq to’lashdagi adekvatlik motivlari, ko’pincha kasbiy va 
shaxsning o’sish motivlari bilan mos o’zaro bog’liq.
G.A.Myurrey hokimiyatga intilishning asosiy motivlarini ularning faoliyati 
bilan bog’lagan holda ajratadi. Ehtiyojning belgi yoki samaralari quyidagi istaklarda 
namoyon bo’ladi;
1. O’z ijtimoiy olamini boshqarish;


48 
2. Boshqalar xulqiga ta’sir o’tkazish va o’z maslaxatlari bilan yo’lga solish, 
buyurish, o’z so’ziga ishontirish;
3. O’z e’tikodiga yo’naltirish.
Motivasiyaning barcha omillarini moddiy va nomoddiy stimullarga ajratish 
mumkin. “Xayot fakat yeb ichishdan iborat emas”. Boshqa so’z bilan aytganda pul 
bilan xodimlarni jalb etishning o’zi yetarli emas. Korxonada moddiy 
rag’batlantirishdan 
tashqari 
xodimlar 
jalb 
qilinadiganlar 
motivasiyasining 
qo’shimcha, nomoddiy tizimi ishlab chiqilgan bo’lishi mumkin.
Bu ularni psixologik tashqi iqtisodiy jihatlardan muhim ehtiyojlarni 
kondirishga mo’ljallangan bo’lishi kerak. Tamoyilni amalga oshishi, yuqori 
natijalarga 
erishgan 
ishchilarning 
rag’batlantirilishiga 
qaratilgan 
ijobiy 
motivasiyalarning ishlab chiqilishi bilan belgilanadi. Past ega bo’lgan ishchilarga 
beriladigan jazolar tizimidan joy olgan “Salbiy motivasiyalarni” aks ettiradi.
Motivlarning qaysi biri ustunlik kilishi ijobiymi yoki salbiymi? degan savolga 
javobni aniq bir korxonada ishlash va xodimlar bilan munosabatga kirishish 
jarayoniga bog’liq xolda xal qilish mumkin.
Shunday ekan, motivasiya adekvat bo’lishi, korxona xodimining ish 
natijalariga mos bo’lishi kerak. Agar olinda xatolarga, xayot, ish natijalariga va 
tartibbuzarliklarga jazo ko’zda tutiladigan bo’lsa, motivasiya tizimi samarali 
bo’lmaydi.
Bundan tashqari, motivasiyaning tashqi omillari xodimlarni o’z natijalarini 
baholashga o’rgatuvchi va korxona xodimlarining ishdagi muvaffaqiyati darajalari 
bilan bog’liq ichki motivasiya omillarini xam ajratish mumkin.
Agar rahbarning bahosi, rahbarlarning o’z natijalarini baholashni shakllantirsa, 
bu yaxshi ko’rsatkich hisoblanadi. Bunda raxbarning tashqaridan beradigan bahosi va 
xodimlarning o’z-o’ziga beradigan baxosi muvofiq keladi.
V.A.Kruteskiy 
o’spirinlarda uchrash mumkin bo’lgan motivlardan 
quyidagilarni alohida ta’kidlab o’tadi:
- biror o’quv faniga nisbatan o’spirinning qiziqishi;
- Vatanga foyda keltirish istagi;


49 
- shaxsiy kobiliyatini ro’kach qilib ko’rsatish;
- oilaviy an’analariga rioya qilishi;
- do’stlari va o’rtoqlaridan o’rnak olganligi;
- ish joyining va o’quv yurtining uyga yaqinligi;
- moddiy ta’minlanganlik;
- o’quv yurti ko’rinishining chiroyliligi yoki unga joylashishining osonligi 
singari motivlardir.
Yuqoridagi fikrlardan ko’rinadiki, ilk o’spirinlik davrida kasbiy motivlarning 
shakllanishi bir qator tashqi va ichki omillarga bog’liq. Shuningdek, kasb tanlashga 
bo’lgan intilish ishtiyoqlar negizida kasbiy motiv va motivasiya shakllanadi. Aynan 
xorij psixologlari kasbiy motivlar tarkibini ishlab chiqishda kasb tanlashgacha 
bo’lgan va kasb tanlab bo’lgandan keyingi jihatlarini ko’rsatib o’tadilar. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin