IV. MA’RUZA MATERIALLARI
1-MAVZU: KASBIY KAMOLOT TUSHUNCHASI
Reja:
1.
Kasb tanlashga ta’sir etuvchi omillar (qiziqishlar, layoqat, qobiliyat)
2.
Insonlarga yordam berish xizmatqilish burchi, kasbning sosial nufuzi).
3.
Kasb tanlash asoslari. Psixologiya bo’limlarida o’qishdan kutilmalar.
Kasbiy yo’l tushunchasi.
4.
Qadriyatlar tizimida kasbiy faoliyat o’rni.
1. Kasb tanlashga ta’sir etuvchi omillar (qiziqishlar, layoqat, qobiliyat)
Jahon psixologiyasi fanining boy tajribasida amaliy psixologlar tayyorlash
bo’yicha nazariy va amaliy ahamiyatga molik ijobiy, tatbiqiy ma’lumotlar muayyan
darajada umumlashtirilgan. Yigirmanchi asrning 60-yillaridan boshlab AQSh,
Angliya va boshqa shu kabi rivojlangan mamlakatlarda psixologik muammolarga
juda katta e’tibor qaratila boshlandi. Hozirgi kunga kelib har bir sohada psixologlar
jalb qilingan. Har bir sohada psixolog maslahatiga ehtiyoj sezilmoqda
1
.
Inson qalbini qanday tushunmoq kerak? Nima uchun insonlar turli xil
qobiliyatlarga egalar? Rux nima va uning tabiati qanday? Bunday savollar insonlarni
asrlar davomida qiynab kelgan ular o’zlarining savollariga javob topa boshlashgan.
Dunyoni o’rganishga bo’lgan qiziqish orta boshlagan va shu bilan birga
insonnni bilishga bo’lgan qiziqish ham ortgan. Bu holatni o’rganish uchun albatta
insonning holatlarini tahlil qilish talab qilinadi. ko’pgina olimlar insonning tarkibiy
tuzilmasini tahlil qilishga katta e’tibor qaratganlar. Psixologiya fanida inson haqidagi
nazariy qarashlar ham albatta mavjuddir.
Kasb tanlashga ta’sir qiluvchi omillarni tahlil qilishdan avval kasb
tushunchasiga ta’rif berilishi kerak.
Taniqli psixolog Ye.A.Klimov kasbning turli xil holatlarini tahlil qilib chiqqan:
1
Myers D.G. Psychology.Ninth Edition. – Worth Publishers, 2010. – 910 p 3 б
32
1.
Kasb bu insonlarni ma’lum bir holatlaridagi bir xilligidir. To’g’ri turli xil
kasb egalarining yashash sharoitlari turlicha bo’lishi mumkin. Hattoki bitta kasbda
ham yashash darajasi turlicha bo’lishi mumkin. Bunda ularning oldiga qo’ygan
maqsadlari ham muhim o’rin tutadi, biroq kasblaridagi boshlang’ich qadriyatlar bir
biriga yaqin bo’ladi.
2.
Kasb insonlarning xatti –harakatlarini ajratadigan holatdir. Bunda psixolog
mutaxassis sifatida o’zini qanday namoyon qilishi ko’zda tutilgan. Ma’lumki
psixologiya sohasi xali ham o’rganilayotgan va qarimaydigan sohalardan biri
hisoblanadi. Ularning usullari ham takomillashib bormoqda.
3.
Shaxs xususiyatlarini aks ettiradigan kasb faoliyatidir. Biz ko’pgina
holatlarda psixolog qandaydir xizmatlar ko’rsatishini sezib, uni o’zini
shakllantirishda kerak ekanligini unutib qo’yamiz.
4.
Kasb bu tarixiy rivojlanuvchi tizim hisoblanadi. “professiya” so’zi
lotinchadan olingan bo’lib barchani oldida gapirmoq so’zini beradi. Kasbning o’zi
insonlarning yashash sharoitlariga qarab o’zgaradi. Asosan psixologiya kasbi
mashhur bo’lgan shaxslarning hayoti bilan bog’liq holda amalga oshirilgan.
5.
Psixologiya kasbi reallikdir, bu subyektning o’zini shakllanish imkoniyatini
yaratadi. Demak psixologiya kasbida insonlarning xatti-harakati orqali xulosaga
kelishi mumkindir. Bunda yo’riqnomalar ish bermasligi mumkin. Psixologiya
sohasida insonlarga yordam berish holati eng ustun jihatlardan biri bo’lib
hisoblanadi
2
. Kasb tushunchasidan tashqari yana bir nom mavjud bu mutaxassislik
hisoblanadi. Masalan psixologiya sohasi ijtimoiy psixologiya mutaxassisligi bo’lishi
mumkin. Umuman olganda kasb o’z ichiga quyidagi tavsiflarni kiritadi:
1.
Bu mehnatning chegaralangan ko’rinishi bo’lib, psixolog uchun boshqa
mutaxassislar bilan hamkorlik qilish maqsadga muvofiqdir.
2.
Bu kasb doimiy maxsus tayyorgarlikni talab qiladigan holat bo’lib, bunda
mutaxassislar doimiy tarzda malakalarini oshirishlari talab qilinadi.
2
Myers D.G. Psychology.Ninth Edition. – Worth Publishers, 2010. – 910 p 10б
33
3.
Bu ma’lum bir maqtovlar, taqdirlash usullari kerak bo’lgan kasblardan biri
hisoblanadi.
4.
Jamiyat uchun foydali bo’lgan kasblardan biri hisoblanadi.
5.
Bu kasb insonlarga ma’lum bir statusni berishi mumkin.
Hammaga ma’lumki, ko’pgina insonlar o’zlarini yaxshi psixolog deb
hisoblashadi, ularning bu fikrga kelganliklariga sabab ular insonlar bilan muloqot
qilishadi, boshqalarga xamdard bo’la olishadi. Hayotiy psixologiya insonlarning
xayotida kerak bo’lgan sohalardan biri hisoblanadi, xattoki haqiqiy psixologlar ham
bir necha bor hayotiy psixologiyaga murojaat qilishadi. Biroq mutaxassislar ilmiy va
hayotiy psixologiyani bir biridan ajratishadi. Yu.B.Gippenreyter ular orasidagi 5 ta
farqni ko’rsatgan:
1.
Hayotiy bilimlar amaliy bo’lib, ma’lum bir aniq hayotiy vaziyatlar bilan
bog’liqdir, bu insonlarning xatti- harakatlariga tayangan holda amalga oshiriladi.
2.
Xayotiy bilimlar intuitiv xarakterga egadir, psixologiya sohasida esa psixik
ko’rinishlarning nazariy jihatdan tahliliga asosiy e’tibor qaratiladi, bu holatlar esa
ularni yaxshi tushunish imkoniyatini yaratadi.
3.
Hayotiy bilimlar juda cheklangan variantlarda beriladi, ilmiy bilimlar esa
maxsus yig’ilgan tajribalar tizimi orqali uzatiladi.
4.
Hayotiy psixologiyada olingan bilimlar kuzatish usuli orqali amalga
oshiriladi, bunda inson o’z tajribasidan kelib chiqqan holda maslaxatlar berishi
mumkin. Ilmiy psixologiyada esa olingan bilimlar maxsus tadqiqotlar o’tkazish
yordamida aniqlanadi, bunda ilmiy tafakkur idrok usullaridan juda keng
foydalaniladi.
5.
Ilmiy psixologiya ma’lumotlarning boyligi, rang barangligi bilan xayotiy
psixologiyadan tafovutlanadi. Hayotiy psixologiyada bu holatlar yaqqolroq namoyon
qilinmasligi mumkin. Ilmiy bilimlarning umumiy xarakteristikasi uning tizimli va
tartibli ekanligidadir. Bu esa mutaxassis psixolog uchun bilimlarini kengaytirish
imkoniyatini yaratadi.
|