63
tekshirishlar asosan bu jarayonlarning reseptiv tomonlariga qaratilgan. Tekshirishlar
shuni ko’rsatdiki, ko’ruv, yeshituv, teri sezgilari, shuningdek, sezgi va idrokning
boshqa turlari faqat markazga intiluvchi jarayonning, faqat refleks boshlang’ich
zvenosininggina mahsuli yemas. Ular markazdan qochuvchi jarayonlarni ham,
subektning faolligini aks yettiradigan qidiruv, sinov reaksiyalarini ham qamrab oladi.
Bularning barchasi alohida, perseptiv harakatlar bo’lib, ular ichki psixik jarayonlar
bilan birga, tashqi, birinchi navbatda, ozmi-ko’pmi yorqin ifodalangan harakat
komponentlarini ham o’ziga qamrab oladi.
Xotira sohasida xotiraning mahsuldorligi yesda olib qolish faoliyatining
nimaga qaratilganiga bog’liq yekanligi masalasi keng o’rganilgan. Yaxshi yesda
qoldirishda qaytadan tiklash (yesga tushirish) va boshqa psixik jarayonlarning roli
aniqlangan. A. A. Smirnov va P. I. Zinchenkoning asarlarida yesda qoldirish maxsus
xildagi ichki psixik faoliyat sifatida aniqlangan. Bu faoliyatning strukturasi ochilgan,
turli yesda olib qolish usullarining xarakteristika, uning tarkibiga kiruvchi bar xil
mnemonik harakatlarning alohida zvenolarning xarakteristikasi berilgan. Yesda
qoldirish jarayonida ishtirok yetadigan tafakkur jarayonlariga alohida ye’tibor
berilgan.
Keyinchalik psixologiya sohasidagi ilmiy ishlar faollashtirildi. 1956-yildan
boshlab «Voprosы psixologii» jurnalining chiqa boshlashi buning guvohidir.
Psixologiya masalalari sohasidagi ko’p materiallar, shuningdek, «Semya i shkola»,
«Doshkolnoye vospitaniye», «Nachalnaya shkola», «Psixologicheskiy jurnal»,
«Voprosы psixologii» jurnallarida va boshqa davriy matbuotda bosilib chiqib turdi.
Ilmiy ishlarning faollashtirilganligi, shubhasiz, 1957-yiI Psixologlar Jamiyatini
tuzishga yordam berdi. Shu yillar mobaynida bizning oliy o’quv yurtlarimiz
psixologiyadan zaruriy o’quv qo’llanmalari bilan ta’minlandi.
Bu qobiliyatiarga kiruvchi yesda olib qolish qobiliyatiarida ayrim zvenolarning
xarakteristikasi berilgan. Yesda olib qolishda qatnashuvchi fikrlash jarayonlariga
alohida e’tibor berilgan.
Dostları ilə paylaş: