“Tasdiqlayman” O’quv ishlari bo’yicha prorektor prof. A. Soleev



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/109
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#202525
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   109
 
 
8
Myers D.G. Psychology. Ninth Edition. – Worth Publishers, 2010. – 910 p 3.


66 
Kuzatish metodi. Suhbat-intervyu 
Kuzatish 
– psixika tashqi alomatlarini oldindan belgilangan, tizimli, maqsadga 
muvofiq va qayd etilgan holatda qabul qilishdan iborat bo’lgan metod. Bu metod 
ilmiyligining asosiy sharti bo’lib uning obyektivligi, ya’ni, qayta kuzatuv yoki 
tadqiqotning boshqa usullarini, masalan, eksperimentlarni qo’llagan holda nazorat 
olib borish imkoniyati xizmat qiladi. Kuzatish bir necha xil: 
standartlashtirilgan 
(belgilangan dasturga qat’iyan mos ravishda o’tkazilgan), e
rkin 
(oldindan o’rnatilgan 
chegaralarga ega bo’lmagan), 
kiritilgan 
(tadqiqotchi o’zi kuzatayotgan jarayonning 
bevosita ishtirokchisiga aylanadi), 
yashirin 
bo’ladi.
O’tkazilish joyiga asosan kuzatishlar 
dala
9
 
va 
laboratoriya 
kuzatishlariga 
bo’linadi. Dala kuzatishlari tabiiy sharoitlarda, laboratoriya kuzatishlari esa sun’iy, 
ya’ni, oldindan yaratilgan sharoitlarda o’tkaziladi.
Olib borish muntazamligiga ko’ra kuzatishlar 
tizimli 
(ma’lum vaqt davomida 
obyektni o’rganish uchun ishlab chiqilgan reja bo’yicha) va 
tizimsiz 
(noma’lum vaqt 
davomida rejaga asoslanmagan) bo’ladi.
O’rganilayotgan hodisaning o’tkazilish davomiyligi, vazifalari va ko’lamiga 
ko’ra kuzatishlar 
qisqa vaqtli 
(farazlarni ifodalash yoki boshqa metodlar yordamida 
olingan ma’lumotlarni nazorat qilish va to’ldirish uchun tadqiqotning boshlang’ich 
bosqichida o’tkaziladi) va, uzoq oylar va yillar davomida keng ko’lamli yoki 
murakkab tuzilmali ijtimoiy jarayonlarning kechishini kuzatishga xizmat qiluvchi 
uzoq vaqtli 
kuzatishlarga bo’linadi
10
.
Kuzatish metodini qo’llash uchun quyidagi shartlar qo’yiladi:
- sinaluvchining hulq-atvori uning ko’pgina ko’rinishlari va turli vaziyatlarda 
har tomonlama baholanishi lozim;
- kuzatuvchi sinaluvchi bilan juda ko’p vaqt birga bo’lishi kerak (kamida 2-3 
oy davomida). Seanslar haftasiga 3-4 marta o’tkazilishi kerak, ularning davomiyligi 
kuzatish maqsadidan kelib chiqib o’rnatiladi;
9
Myers D.G. Psychology. Ninth Edition. – Worth Publishers, 2010. – 910 p 4
10
Myers D.G. Psychology. Ninth Edition. – Worth Publishers, 2010. – 910 p 4


67 
- kuzatish jarayoni boshlanmasdan avval sinaluvchi hulq-atvorining qayd 
etiladigan xususiyatlari aniqlab olinishi, va xulq-atvorning bunday belgilari bilan 
tadqiqotchi bu metodni qo’llagan holda baholamoqchi bo’lgan psixologik 
xususiyatlar o’rtasidagi aloqa oldindan o’rnatilishi kerak;
- tadqiqotchi avvaldan kuzatish olib borish mashqini olgan bo’lishi zarur;
- muammoni xolisona hal etish maqsadida sinaluvchi va tadqiqotchi o’rtasidagi 
rolli munosabatlarga yo’l qo’ymaslik kerak;
- sinaluvchi bir vaqtning o’zida kamida 10 ta ruhshunos kuzatuvida bo’lishi va 
olingan baho har bir ruhshunos belgilagan balldan o’rtachasini tashkil etgan bo’lishi 
kerak.
Barcha ruhshunoslar bir-biriga bog’langan bo’lmasliga zarur. Bunday holat 
natijalar samarasini oshiradi (baholash metodi).

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin