65
Subyektiv metodlar tekshiriluvchilarning o’zini baholashiga va o’ziga hisobat
berishiga tayanadi. Subyektiv usullarga quyidagilar kiritiladi: kuzatish, o’z o’zini
kuzatish, so’rov
8
.
Kuzatish usuli psixologiya fanidagi eng qadimiy usullardan biri hisoblanadi, u
sodda usullardan biridir. Bu usul insonlarning rejali kuzutishi asosida amalga
oshiriladi, bunda sinaluvchilarning hayotiga aralashmasdan amalga oshiriladi.
Psixologiyada kuzatish hamma jihatlarini qog’ozga qayd qilish orqali amalga
oshiriladi. Kuzatish usulidan hamma insonlar foydalanishi mumkin. Biroq ilmiy
kuzatish oddiy kuzatishdan farqlanadi. Ilmiy kuzatish tizimli tarzda amalga oshiriladi.
Kuzatish turli xil ko’rinishlarda amalga oshiriladi. Qo’shilib kuzatish bunda psixolog
voqyealar ishtirokchisiga aylanadi. Keyingi usul o’zini o’zi kuzatish hisoblanadi.
O’zini o’zi kuzatish maxsus usul bo’lib hisoblanib, faqat psixologiya fanida
qo’llaniladi. Bu yutuqlar bilan bir qator kamchiliklarga ega. Birinchidan, o’z
hissiyotlarini kuzatish qiyin. Ikkinchidan, o’zini o’zi kuzatishda subyektiv fikrdan
qochish mumkin emas. Uchinchidan, o’zimizning hissiyotlarimizni ko’rsatib berish
qiyindir. O’zini o’zi kuzatish psixolog uchun juda muhimdir. O’zini kuzatish usuli
eksperiment bilan birgalikda qo’llaniladi. Bunda eksperimental o’zini kuzatish deb
nomlanadi. Har bir fan aniq ma’lumotlarga asoslanadi. Obyektiv voqyelikning
bunday hodisalarini to’plab, solishtirib, guruhlarga ajratib va umumlashtirib, fan
yaratilishi kabi eng muhim zaruriyatni, aynan, irodamiz va ongimizdan mustaqil
ravishda mavjud olamning obyektiv qonunlarini ochib beradi. Bu ma’lumotlarga ega
bo’lish usullari ilmiy-tadqiqot metodlari yoki bilim, nazariya, ta’limot deb ataladi.
Shunday qilib, metod – ilmiy-tadqiqot yo’nalishi yoki biror-bir reallikni bilish usuli.
Ilmiy metod o’z tuzilishiga ko’ra, yondoshuvlar va muolajalar yig’indisidan iborat.
Ilmiy tadqiqotlarning metodlari yordamida olimlar keyinchalik ilmiy nazariyalar
tuzish va amaliy tavsiyalar ishlab chiqish uchun ishonchli ma’lumotlar oladilar.
Dostları ilə paylaş: