“Tasdiqlayman” O’quv ishlari bo’yicha prorektor prof. A. Soleev



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/109
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#202525
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   109
O’zini kuzatish 
metodi

yoki introspektsiya ( lot.dan – ichkariga qarayman) – 
insonning o’zining shaxsiy psixik hodisalarini kuzatishi. Bu psixikani bilishning eng 
qadimiy va eng qulay vositasidir. Uning kashf etilishiga frantsiyalik faylasuf Rene 
Dekartning fikricha, ong – alohida tuzilgan, moddiy va tarqoq bo’lmagan 
substantsiya bo’lib, subyektning mulohaza yuritganida ichida qanday hodisalar ro’y 
berishi haqidagi to’g’ridan-to’g’ri va bevosita bilimlari to’g’risidagi dohiyona yorqin 
g’oyalari turtki bo’ldi. O’ziga va ongiga nazar tashlash introspektsiyaning mohiyatini 
tashkil etadi
11
.
O’zini kuzatish orqali ichki kechinmalar, sirli xayollar, xotiradan ko’tarilgan 
tasvirlar, jamiyat qarashlariga zid istaklar va irodaviy jarayonlar ochib beriladi. 
Bunda o’zini kuzatish bilan olimning o’zi ham, uning mijozi – sinaluvchi ham 
mashg’ul bo’lishi mumkin.
Sinaluvchilarga alohida ko’rish yoki eshitish ta’sirlovchilari, jismlar tasviri, 
so’zlar, jumlalar namoyish etiladi; ular qabul etilib, o’zaro solishtirilib, hosil bo’lgan 
tasavvurlar haqida ma’lumot berilishi kerak. Bunda sinaluvchilar o’z javoblarida 
11
Myers D.G. Psychology. Ninth Edition. – Worth Publishers, 2010. – 910 p 4


68 
tashqi obyektlarni tasvirlovchi atamalarni qo’llamay, bu obyektlar sababli yuzaga 
kelgan o’z his-tuyg’ulari va ularning sifatlari haqida so’z yuritishlari kerak.
Hozirgi zamon psixologiyasining yangi yo’nalishi – psixosintezning asoschisi 
– italiyalik shifokor-faylasuf Roberto Assadjioli fikricha, ongimizning bosh rejissyori 
oliy «Men» bo’lib, uning qo’l ostidagi aktyorlar esa – bu «Men»imizning ajralgan 
qismlari. Inson o’zining ichki olamini ko’zdan kechirishi, unga quloq tutishi bilan 
ikkilamchi, uchlamchi, to’rtlamchi va boshqa «Men»larning xushqad yoki unchalik 
bo’lmagan jo’rovozi mavjudligi ma’lum bo’ladi. Bilish va yangi nazariy istiqbollarni 
kashf etish metodi sifatida o’zini kuzatish asosiy o’rin egallaydi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin