71
Dala eksperimenti
o’z xususiyati bilan laboratoriyadagi bilan o’xshashdir,
faqat u insonning real hayotidagi voqyelikda o’tkazilishi bilan farq qiladi. Masalan,
oliy o’quv yurtida ta’limning yangi dasturini kiritish bo’yicha eksperiment olib
boriladi, buning ustiga, dastur o’quv jarayoniga real tartibda kiritiladi.
Tadqiqotchilarni eksperiment natijasida talabalar bilimining yaxshilanashi yoki
ularning avvalgidek saqlanib qolishi qiziqtiradi. Buning uchun ular eksperimentgacha
va eksperimentdan so’ng talabalar bilimini tekshiruvdan o’tkazadilar va
eksperimentning samaradorligi yuzasidan xulosa yasaydilar.
Dostları ilə paylaş: