72
to’rtinchidan, tadqiqotchi olingan ma’lumotlarning matematik qayta ishlanishini
qo’llagan holda sharoitlarning miqdoriy nisbatlarini ham o’zgartirishi mumkin.
Eksperiment metodining muhim afzalligi shundan iboratki, bunda tadqiqotchi
sustkashlikka yo’l qo’ymay, uni qiziqtiruvchi psixik hodisaning yuzaga kelishini
kutib o’tirmasligi lozim. Eksperimentda tadqiqotchi sharoitlarni o’zi yaratganligi
uchun bu sharoitlarni, hamda, ularning sinaluvchiga ko’rsatadigan ta’sirini ham
to’laligicha hisobga olish imkoniyati tug’iladi. Sharoitlarning tadqiqotchi tomonidan
yaratilishi ularni bir necha marta takrorlash imkonini beradi. Bunday takrorlash, bir
tomondan, olingan natijalarning obyektiv tasdiqlanishi bo’lib xizmat qilsa, ikkinchi
tomondan, ma’lumotlar to’planishi va ularni miqdoriy baholash imkoniyatlarini ochib
beradi
12
.
Dostları ilə paylaş: