74
Psixologiyada testlar bilish jarayonlari, hissiy-irodaviy soha, shaxsning
psixologik xossalari, shaxslararo munosabatlarni tadqiq etish uchun qo’llaniladi.
Masalan, Ayzenkning verbal matni aqliy qobiliyatlarni baholashga, Teylor testi esa
xavotirlanish darajasini aniqlashga mo’ljallangan.
Testlar juda xilma-xil bo’ladi. Quyida bulardan ba’zilari keltirilgan:
1.
Yutuqlarga erishish testlari
– sinaluvchining aniq bilim, malaka va
ko’nikmalarga ega bo’lish darajasini aniqlash imkonini beradigan psixologik
tashhislash metodikalardan biri.
2.
Idrok testlari
– individning aqliy imkoniyatlarini aniqlovchi psixologik
tashhislash metodikasi.
3.
Ijodkorlik testlari
– insonning ijodkorlik qobiliyatlarini o’rganish va
baholash metodikalarining jamlanmasi.
4.
Shaxsni bilish testlari
– individ shaxsining turli tomonlariga baho berish
imkonini yaratuvchi psixologik tashhislash metodikasi.
5.
Loyihalash testlari
– psixologik izohlashga, ya’ni, subyekt tomonidan
xususiy xossalari va holatlarining ustun bo’lgan ehtiyojlar, mazmunlar va qadriyatlar
ta’sirida ongli va ongsiz ravishda tashqi obyektlarga ko’chirilishiga asoslangan
shaxsni yaxlit o’rganish uchun qo’llaniladigan metodikalar jamlanmasi.
Dostları ilə paylaş: