78
foydalanadi. Psixikaning faoliyati – bu miyaning harakatsizligi mahsuli bo’lmasdan,
aksincha, uning olam bilan ijtimoiy-madaniy asosda faol o’zaro ta’sirlashuvining
mahsuli.
Odam psixikasi hayotiy faoliyatning biologik shaklidan ijtimoiy-tarxiy
shakliga o’tishi bilan o’zgaradi, ong ko’rinishiga ega bo’lib, insoniyatning ijtimoiy-
tarixiy tajribasidan foydalana boshlaydi. Psixikaning o’zini-o’zi boshqarish
xususiyatining asosiy vositasi bo’lib inson tomonidan ijtimoiy ishlab chiqarilgan
belgili tizim – nutq xizmat qiladi. Inson ongi, uning psixikasi biologik emas, balki,
tarixiy, ijtimoiy sabab asosida yuzaga kelgan mahsulotdir.
Hozirgi zamon psixologiyasi yaxlit fanning o’zidan emas, balki mustaqil fan
bo’lishga da’vogarlik qiluvchi ilmiy fanlar majmuasidan iborat.
Bu majmuadan psixologiyaning ta’lim bilan bog’liq bo’lgan asosiy va amaliy,
umumiy va maxsus sohalari o’rin olgan. Psixologiya fanining asosiy sohalari
odamlarning aniq bir faoliyat bilan shug’ullanishidan qat’iy nazar, odamlarning hulq-
atvor psixologiyasini bilish va tushuntirib berishda umumiy ahamiyatga ega. Fanning
bu sohalari odam hulq-atvori va psixologiyasi bilan qiziquvchilarga birday zarur
bo’lgan bilimlarni berishlari kerak. Ba’zida umumiy xususiyatlaridan kelib chiqqan
holda, ular «umumiy psixologiya» atamasi bilan umumlashtiriladi. Umumiy
psixologiya sohasidagi tadqiqotlar natijalari psixologiya fanining barcha soha va
bo’limlarining rivojlanishi uchun asos bo’lib hisoblanadi.
Bir-biri bilan o’zaro uzviy bog’langan bolalar psixologiyasi (bola psixik
rivojlanishining qonuniyatlarini o’rganadi) va pedagogik psixologiya (maqsadga
yo’naltirilgan pedagogik jarayon sharoitida psixikani tadqiq etib, ta’lim va
tarbiyaning psixologik asoslarini ishlab chiqadi), ta’lim tizimida o’qituvchi o’quvchi
munosabatlari o’qituvchining psixologik xususiyatlari, ta’limni boshqarish
jarayonlari va boshqa holatlarni kiritishimiz mumkin.
Dostları ilə paylaş: