“Tasdiqlayman” O’quv ishlari bo’yicha prorektor prof. A. Soleev



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/109
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#202525
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   109
Psixologik intervyu 
– insonning shaxsiy sifatlari, tasavvurlari, motivlari va 
boshqalarni o’rganishga yo’naltirilgan intervyu. Psixologik metod sifatida intervyu 
o’tkazilishi uchun katta kuch va vaqt talab qilgani hisobiga, asosan, individual 
tadqiqot ishida, ya’ni, shifoxona amaliyotida, maslahat berishda, shaxsiy psixologik 
korrektsiya jarayonida qo’llaniladi. Bu metodning afzalligi shundaki, yetarlicha 
tayyorgarlikka ega bo’lgan psixolog yordamida so’z iboralari, mimika, holat, tovush 
sifati, tashqi ko’rinish, harakatlarning o’ziga xosligi, faollik darajasi, hissiy reaktsiya 
va boshqa muloqotning barcha omillari kabi manbalardan inson haqida katta hajmli 
axborot olish mumkin.
Eksperiment metodi 
Psixologiyaning asosiy metodi bo’lib 
eksperiment 
hisoblanadi. Eksperiment 
metodi tadqiq etilayotgan hodisalar, ijtimoiy yoki psixologik jarayonlar, qarashlar, 
qonuniyatlar, yangi bilimlarga erishishdagi xossalari o’rtasida mavjud bo’lgan 
sababiy-oqibat aloqalari haqida aniqroq ma’lumotga ega bo’lish maqsadida 
qo’llaniladi. Kuzatishdan farqli ravishda eksperimentda tasviriy ma’lumotdan 
tashqari, aloqalar, munosabatlar, jarayonlar haqida tushuncha beriladi.
Eksperiment o’rganilayotgan hodisaning xususiyatlari o’rtasida mavjud 
aloqalar to’g’risidagi nazariy tasavvurlarga asoslangan farazni isbotlash uchun 
tekshirish metodi sifatida shakllangan va mavjuddir. Metodologik rejaga ko’ra, 
tadqiqot obyektini tahlil qilish birinchi bosqich bo’lib, ikkinchi bosqich – 
o’zgaruvchilar o’rtasidagi aloqalarning xususiyati yoki yo’nalishi, mavjudligi 


69 
haqidagi farazlarning shakllanishi, uchinchi bosqich – o’zgaruvchilarni mustaqil va 
mustaqil bo’lmagan turlariga ajratish hisoblanadi. Eksperimentdagi o’zgaruvchilarni 
ajratish – obyektni dastlabki nazariy tahlil qilish natijasi. Tadqiqotchining ta’siri 
yo’naltirilganlari nazoratdagilar va mustaqil o’zgaruvchilar deb ataladi. Shundan 
so’ng eksperimentning metodik qismi boshlanadi. Tadqiqotning maqsadi aniqlanib, 
dasturi tayyorlangandan so’ng esa ikki guruh – eksperiment va nazorat guruhlari 
tuziladi.
Nizom bo’yicha eksperimentga qo’yiladigan muhim talablardan psixologlar 
quyidagilarni sanab o’tadilar: tadqiqot farazlariga ko’ra aniq yo’nalganlik; tadqiqot 
obyektini yuqori darajada bilish va to’liq ta’riflash; eksperiment muolajalarini olib 
borishni qat’iy nazorat qilish, ularning aniqligini ta’minlash; qayta ishlab chiqish, 
takrorlash imkoniyati; ijtimoiy obyektga mos keluvchi metodlar, kuzatish va o’lchash 
vositalarining mavjudligi.
Eksperiment tadqiqotlarini olib borishda quyidagilarni bilish lozim. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin