“Tasdiqlayman” O’quv ishlari bo’yicha prorektor prof. A. Soleev


 Reoriyentasiya (qayta kasbga yullash) psixologik muammo sifatida



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə64/109
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#202525
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   109
3. Reoriyentasiya (qayta kasbga yullash) psixologik muammo sifatida 
Psixologiya fanida kasb tanlashga yo’llash (proforiyentasiya) atamasi kadim 
zamondan qo’llanilib kelinadi. Lekin ijtimoiy hayotning keyingi davrlarida boshqa 
bir atama fanimizga kirib keldi, u reoriyentasiya (qayta yo’llash) deb atalib, insonni 
yangi moslashmaga (ko’nikmaga) kasbga yo’lnaltirishni bildirib keladi. 
Qayta kasbga yo’llash (reoriyentasiya) uta insonparvarlik (gumanistik) goyani 
kasbini o’zgartiruvchi yoki ishsiz qolgan shaxs ruxiyatiga singdirishni anglatadi. 
Ishlab chikarishga avtomat kurilmalarning (elektron moslamalarning, robotlarning) 
kirib kelishi ish urinlarining kiskarishiga olib keladi. Muassasa, tashkilot, korxona 
rentabelligining pasayishi xam xodimlarga nisbatan extiyejning kamayishini keltirib 


103 
chiqaradi. Ma’lumki, bozor iqtisodiyeti rakobatga asoslanadi, shuning uchun testlarga 
bardosh beruvchi, yuqori - malakali, maxoratli, bilimdon, komil insongina 
sinovlardan muvaffakiyatli uta oladi, xolos. Urtamiyona darajadagi mutaxassislar esa 
ish o’rnini yukotib, vaktincha ishsizlar ruyxatiga kiradi.
Ishsizlik ish o’rnini yo’qotish ayollarda ukinchli (ayanchli) xis-tuyg’ular 
qobig’ida uta murakkab kechadi, guyoki tragediya, xalokat, judolik vujudga kelganda 
xam ekstravertlik, xam introvertlik xususiyatlari uyg’unlashganday yuz beradi. 
Erkaklar esa bunday vaziyatlarga matonat bilan iloji boricha xissiyotlarga 
berilmasdan, akl - zakovat maromlariga tortilganlik tuyg’usi ustuvorligida namoyon 
bo’ladi. Erkalarda achinish, xafaxonlik kechinmalari tarzida xukm surishi, asta-sekin 
uning ta’sir kuchi pasayishi kuzatiladi. Bunda insonning ruxiy kechinmalari keskin 
o’zgarishining asosiy omillari sifatida uning ish davri va yoshi ijtimoiy muammo 
maydoniga chikadi. Yoshning ulgayishi yangi muxit, uzgacha sharoit, notanish jamoa 
va uning nufuzi kabi masalalar yechimiga salbiy munosabatni keltirib chiqaradi. 
Mazkur obyektga uzok davr mehnat faoliyatini bagishlash xam frustrasiya xolatini 
xarakatlantiruvchi safida asosiy rol uynashi mumkin. Xullas, xar ikkala omil xam 
frustrasiyaning manbai vazifasini utaydi (bajaradi), noxush kechinmalar vujudga 
kelishi, kechishi, rivojlanishi jarayonlarini uzluksiz ravishda bajarib turadi.
Xozirgi zamon mehnat birjalarida reoriyentasiya (qayta kasbga yo’llash) ishlari 
olib borilishi markazlashtirilgan. Maxsus xodimlar kompyuter xotirasiga 
joylashtirilgan shaxar, tuman buyicha ixtisoslar buyicha yoki ixtisoslararo 
mutaxassislar ruyxati (zaruriyati, extiyeji, talabi) bilan ish izlab kelgan muxtoj shaxs 
tanishtiriladi. Aksariyat mehnat birjalarida psixologlar yetishmaganligi tufayli ish 
bilan ta’minlash, bush urinlarni tuldirish bilan shugullaniladi, xolos. Aslida esa bu 
xizmat kator omillarni tekshirish o’rganishni takozo etadi, ilmiy psixologik 
qonuniyatlar asosida ish yuritishni talab qiladi, chunonchi: 
1. Shaxsning fazilatlari, xarakterologik xislatlari. 
2. Xissiy jabxalari va irodaviy sifatlari.
3. Insonning kognitiv va regulyativ imkoniyatlari. 
4. Extiyeji, motivi, motivasiyasi, motivirovkasi.


104 
5. Kasbiy mayli, qiziqishi, layoqati. 
6. Professiogramma talablariga mosligi, kasbiy yaroqligi. 
7. Iktidori (iste’dodi), qobiliyati, saloxiyati.
8. Kasbiy bilimlari, ko’nikmalari, malakalari, maxorati. 
9. Umumiy saviyasi, duneqarashi, maslagi (e’tikodi). 
10. Salomatligi, jinsiy xususiyatlari, yoshi.
11. Izlanuvchanligi, ijodiy imkoniyatlari, innovasiyaga nisbatan munosabati. 
12. Ijtimoiy yetukligi, tashkilotchilik qobiliyati. 
13. Ekstrovertligi va introverligi. 
14. Yuksak insoniy tuyg’ularga (axlokiy, aqliy, nafosat, praktik) egaligi. 
15. Fidoylik, altruistik, vatanparvarlik fazilatlari ustuvorligi va boshqalar. 
Yuqorida sanab utilgan mezonlar buyicha tekshirish ishlari bir nechta 
metodlar, metodikalar orkali ko’p seriyali tajribalar negizida amalga oshiriladi. 
Buning uchun testlardan qobiliyatga, shaxsga, ijodiyotga, xotiraga shaxslararo 
munosabatga (oid), maxsus ishlab chikilgan materiallardan, maqsadli vaziyatlardan, 
kiyinlashtirilgan 
topshiriklardan, 
muammolardan, 
psixologik 
treninglardan, 
psixodramalardan va boshqalardan foydalaniladi. 
Olingan natijalar sifat va mikdor jixatdan taxlil qilingandan keyin muayyan 
xulosalar chikariladi. Xulosalar asosida reoriyentasiya subyekti roziligida ishga 
muxtoj shaxs taklif qilingan kasbga yo’naltiriladi. Ish joyining masofasi, uning 
ekologiyasi, sangigiyenasi, maoshi, istiqboli, muammoli jixatlari yuzasidan 
mukammal fikr almashiniladi, toki shartnoma qonuniy xujjat ekanligi (kiymatiga) 
zarar keltirmasin (ba’zan kelishuvdan voz yechish xolatlari xam yuz berib turadi). 
Psixologik kuzatishlarning ko’rsatishiga qaraganda, reoriyentasiya (kasb tanlashga 
yo’llash) kabi bosqichlardan tashkil topgan bulib ular kiska fursatda (muddatda) 
utishi bilan uzaro muayyan darajada tafovutlanadi. Jumladan, kasbiy maorif, kasbga 
yo’llash, kasbga saralash, kasbiy moslashish tezkorlikda, mukammal, o’ziga xos 
xususiyatlari bilan tavsiflanadi. Ayniksa, kasbiy moslashish davri o’ziga xos tarzda 
kechadi, bir bosqich ikkinchisi bilan sillik uzviy boglanib ketadi. Kasbning moddiy 
(iqtisodiy) tomoni, ijtimoiy faollik (nufuzga egalik), ma’naviy ta’minlanganlik (ruxiy 


105 
kutarinkilik xissiyotining ustuvorligi) insonning qaytatdan ijtimoiy xayotdan uz 
o’rnini topish imkonini yaratadi, uning umrini uzaytiradi, ruxiy imkoniyatlari, 
zaxiralari, potensiyasi, rezervi ishga tushishiga puxta negiz xozirlaydi. 
Reoriyentasiya (qayta kasbga yo’llash) gumanistik psixologiya tamoyillarini 
turmushga tatbik etishga zarur shart - sharoit yaratadi. Inson omilini kadrlashga, 
butun imkoniyatlarini ruyobga chikarishga, ezgu niyat, orzu xavas, istak - xoxish 
ushalishga negiz vujudga keltiradi. Ko’p profilli kasb - hunar egalari safini 
kengaytirishga xizmat qiladi, komillikka intilish tuyg’usini jonlantiradi, zarur 
bilimlar, malakalar bilan kurollantirishga turtki beradi.
Reoriyentasiya inson imkoniyatini qaytatdan sinashning manbai xisoblanib, 
uzini uzi kashf qilishi, uzini uzi boshqarishi, uzini uzi tashkillashtirish, uzini uzi 
baholash, uzini uzi refleksiyalash, uzini uzi identifikasiyalash kabi shaxs fazilatlarini 
ruyobga chikarishga xizmat qiladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin